• Ishonch telefoni:230-13-73
Axborot texnologiyalari markazi

MARKAZ FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT

Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

Markaz xo‘jalik subyektlari va jismoniy shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va O‘zDJTU Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyatining barcha sohalari bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va O‘zDJTU Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

MARKAZ QUYIDAGI FAOLIYAT TURLARINI AMALGA OSHIRADI:

  • Axborot marketingni tashkil etish
  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish
  • Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim va fani sohalariga tadbiq qilish
  • Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish
  • Horijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash
  • Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish
  • Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash
  • Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash
  • Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish
  • Ilmiy-tadqiqot, izlanish, loyihalash va eksperimental ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish
  • Seminarlar, konferensiyalar, tadqiqotlar, ko‘rgazma, yarmarkalarni tashkil qilish va o‘tkazish

MARKAZNING ASOSIY MAQSAD VA VAZIFALARI QUYIDAGILARDAN IBORAT:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, O‘zDJTU intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash
  • Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish.

Hodimlar :
Tuychiyev Sobir Abdusodiqovich
Lavozim : Markaz direktori
Batafsil
Osipov Pavel Leonidovich
Lavozim : Axborot texnologiyalari markazi texnik qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i
Batafsil
Abdullayev Mansur Abduraxmonovich
Lavozim : Axborot texnologiyalari markazi axborot xavfsizligini ta'minlash bo’limi boshlig’i
Batafsil
-->