• Ishonch telefoni:230-13-73
INGLIZ TILI 2-FAKULTETI

OMONOV PO’LATJON XABITOVICH

 

Lavozimi: Fakultet dekani

Qabul vaqtlari: Seshanba, payshanba, shanba 14:00-16:00

Tel: +9989 71 230 12 95

E-mail: pulat-bek@mail.ru

pulatomanov@gmail.com

Veb-sayt: http://www.faculty2.uz

Fakultet tarixi

O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2012 yil 10 dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi va 2013 yil 23 maydagi №1971 sonli “O’zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlariga muvofiq Birinchi va Ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida Ingliz tili birinchi, ikkinchi, uchinchi fakultetlar tashkil topdi.

Hozirda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari va 3 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 80 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultet tasarrufidagi kafedralar :

Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasi

Ingliz tilining integrallashgan kursi №2 kafedrasi

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasi

Ingliz tilini o’qitish metodikasi №2 kafedrasi

O’quv ishlari

Fakultetda 1925 nafar talaba tahsil olmoqda. Ingliz tili amaliy fanlar №2 kafedrasida asosiy shtatda 27 nafar, shundan 1 nafar filologiya fanlari bo‘yicha Dsc, 1 nafar f.f.n. dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 24 nafar o‘qituvchi, 21 nafar o‘rindosh o‘qituvchilar faoliyat yuritadi.

Ingliz tilining integrallashgan kursi №2 kafedrasida filologiya fanlari bo‘yicha 2 nafar PhD, 2 nafar katta o‘qituvchi va 22 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Ingliz tili nazariy aspektlari №2 kafedrasida 2 nafar f.f.n. dotsent, 3 nafar katta o‘qituvchi va 19 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №2 kafedrasi 2 nafar p.f.d. professor, 3 nafar f.f.n. dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 13 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritadi.

Fakultetda “5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” yo’nalishi bo’yicha talabalarga saboq berilmoqda.

Hozirda fakultetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Reach Perfection” loyihasi tashkil qilingan. Ushbu loyihaga 1200 nafardan ortiq talaba a’zo bo‘lgan. Talabalar uchun 10 dan ortiq chet tillari bepul o‘rgatilishi yo‘lga qo‘yilgan. Amerikalik mutaxassis John Simpson hamkorlik (Fellowship exchange programm) shartnomasiga ko‘ra o‘quv jarayoniga jalb etilgan. Fakultetdagi barcha kurslar bo‘yicha 10 ta guruhda Writing moduli bo‘yicha talabalarga dars berib kelmoqda, bundan tashqari amerikalik volontyor o’qituvchilar tomonidan Reach Perfection loyihasi doirasida “Speaking club” nomli to‘garak faoliyat yuritadi.

Fakultetda “English club for sofemores”, “Speaking club”, “Speaking Club “A” Level”, “Speaking Club “B” Level”, “Debate club”, “Reader’s club”, “Video club”, “Orasta qizlar”, “Yosh talant”, “Intellekt”, “Nutq madaniyati”, “So‘zlashuv” aspektlari, “Ekologiya maktabi”, “O‘zbek tili jonkuyarlari” kabi to‘garaklar tashkil qilingan. Bundan tashqari, TTJlarda istiqomat qiluvchi talabalarga alohida sport, til o‘rganish va chevarchilik yo‘nalishlari bo‘yicha turli xil to‘garaklar faoliyat yuritmoqda.

Ilmiy ishlar

Fakultetda muntazam ravishda ilmiy anjumanlar seminarlar o’tkazilib boriladi va bunda professor-o’qituvchilarimiz o’zlarining ilmiy ishlari bilan faol ishtirok etib borishadi. Jumladan hozirda professor-o’qituvchilar tomonidan 120 ta ilmiy maqola, 88 ta tezis va 5 ta o‘quv qo‘llanma yozildi va 26 ta ilmiy maqola nashrga tayyorlandi. Fakultet ilmiy ishlari rejasiga muvofiq kafedralarda muntazam ravishda ilmiy anjuman va seminarlar o‘tkaziladi. Mutaxassislik kafedralarida 17 ta nafar mustaqil izlanuvchilar faoliyat olib bormoqda.

Iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan. Ularning badiiy hikoya va she’riyat tarjimasi bilan shug‘ullanish, so‘zlashuv amaliyotini rivojlantirish, ilmiy–publitsistik uslubda maqolalar yozish kabi qobiliyatlarini o’stirish bo‘yicha muloqotlar tashkil etiladi. Saralab olingan talabalar iqtidori va intilishiga ko‘ra to‘garaklarga jalb qilinib, qiziqqan mavzulari bo’yicha ilmiy rahbarlar biriktiriladi.

Ma’naviy-marifiy ishlar

Fakultetda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni talaba-yoshlar ongiga singdirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblarining intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro'y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida batafsil ma’lumotlar universitet “Yoshlar bilan ishlash” bo’limi bilan hamkorlikda professor-o’qituvchilarimiz tomonidan “Axborot va murabbiylik soatlari' da muntazam yoritib boriladi. Xususan, talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, talabalar orasida atroflicha muhokama qilish maqsadida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Fakultetda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida o‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi qutlug' sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakultet talabalari institut, tuman, shabar, respublika, xalqaro miqyosdagi yoki oliy o‘quv yurtlari o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ko'rik tanlovlarda faol qatnashib munosib o'rinlami egallab kelmoqda. Har yili universitet miqyosida o'tkazilgan futbol bo'vicha "Rektor kubogi", “Dekan kubogi” musobaqalarida o‘qituvchilar va taiabalarimiz fakultet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda.

Fakultetining hamkor tashkilot va muassasalari:

  1. Buyuk Britaniya, London Metropolitan Univeristeti
  2. Buyuk Britaniya, Norwich universiteti
  3. AQSH, Kanadaning Toronto ta’lim va madaniyat markazi
  4. AQSH, Vashington universiteti
  5. AQSH, Virjiniya xalqaro universiteti va boshqalar.

Kafedralar:
INGLIZ TILI INTEGRALLASHGAN KURSI KAFEDRASI 2
Batafsil
INGLIZ TILI AMALIY FANLAR KAFEDRASI 2
Batafsil
-->