• Ishonch telefoni:230-13-73
INGLIZ TILI 3-FAKULTETI

KULMATOV BAXRAM GULYAMOVICH

Ilmiy darajasi va unvoni:

Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori

Lavozimi:

Fakultet dekani

Qabul vaqtlari:

Har kuni

Tel.:

+998 71 230-12-88

E-mail:

bqulmatov@gmail.com

Fakultet tarixi

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagiChet tillarni organish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi PQ-1875 sonli qarori hamda Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2013- yil 23-maydagiO`zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi PQ-1971 qarorining ijrosini taminlash maqsadida 2013 yil 30-maydagi OzDJTU Ilmiy kengash yig`lishining 10-son bayonnоmasi asosida OzDJTU tarkibida Ingliz tili uchinchi fakulteti tashkil etildi. 2013 yildan to xozirgi kunga qadar faoliyat yuritib kelayotgan Ingliz tili 3-fakultetini bitirganlarning asosiysi qismi Ozbekistonda va xorijiy mamlakatlarda magistratura bosqichiga oqishga qabul qilingan. Ingliz tili 3-fakultetini bitirganlar mutaxasisslik boyicha oqituvchi hisoblanib, bitiruvchilar turli universitetlarda, kollejlarda, litseylarda, maktablarda, bogchalarda va turli xil oquv markazlarida ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Bundan tashqar Ingliz tili 3-fakultetini bitirganlardan kopchiligi turli elchixonalar, konsulliklar, turli chet el bilan hamkorlikda ochilgan firmalarda faoliyat olib bormoqda.

Sharq filologiyasi fakultetining bitiruvchilari orasidan ko’plab Prezident, Navoiy kabi nomdor stipendiyalar sohiblari mavjud.

Bugunga kelib fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedra va 1 ta fakultetlararo kafedra faoliyat olib bormoqda. Bular:

· Ingliz tilti amaliy fanlar 3 kafedrasi.

· Ingliz tilti nazariy aspectlari 3 kafedrasi.

· Ingliz tiltini integrallashgan holda o’qitish 3 kafedrasi.

· Ingliz tiltini o’qitish metodikasi 3 kafedrasi.

· Jismoniy madaniyat kafedrasi.

O‘quv ishlari

  • Ingliz tili 3-fakultetida 4 ta kurs bo‘yicha 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishining 110000-Pedagogika ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti va malaka talablari (2-kurs uchun 2016 yil6 apreldagi 137-son buyruq, 3-kurs uchun 2015 yil 21 avgustdagi 303-son buyruq va 4-kurs uchun 2014 yil 10 martdagi 84-son buyruqlar bilan tasdiqlangan), namunaviy va ishchi o‘quv rejalari (4 ta kurs bo‘yicha), namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari, o‘qitilayotgan barcha fan o‘quv-uslubiy majmualar (OO‘MTVning 2017 yil 1 martdagi “Yangi o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmani tavsiya qilish to‘g‘risida”gi 107-son buyrug‘iga asosan) bilan to‘liq ta’minlangan va ushbu me’yoriy hujjatlar asosida fakultetda o‘quv jarayoni olib borilmoqda.
  • Fakultetda jami 1912 nafar talaba tahsil oladi, shulardan 403 nafari davlat –granti asosida, 1509 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida tahsil olib kelmoqda.
  • Fakultetda 2 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.Fakultetda qo‘shimchp xorijiy til sifatida yapon, koreys, arab, indonez, fors, hind, ispan, fransuz, malay, iatlyan tillari o‘qitiladi.

 

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi

  • 5111400-Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
  • 5112200-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili)

 

 

Ilmiy ishlar

Fakultetning ilmiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarni qamraydi:

· Ingliz tili tizimidagi o‘zgachaliklar va uning lingvistik tadqiqi.

· Ingliz tilini innovatsion texnologiyalar yordamida o’qitishda CEFR mezonlaridan foydalanishning nazariy asoslarini takomillashtirish.

· Hozirgi zamon Ingliz, Nemis, Rus va O’zbek tillarini qiyosiy jihatdan o‘rganish.

· Turli tizimli tillarda (ingliz, rus va o’zbek) lingvodidaktikaga xos terminologik birliklarning qiyosiy-tipologik tadqiqi.

· Ingliz tilti tarixida matn tuzish an’anasining shakllanishi va tarixiy takomili.

· Ingliz romanlarida xotin-qizlar xarakterining o’ziga xosliklari.

· Ingliz asarlarida ayol xarakteri tipologiyasi.

· Ingliz xalqlari adabiyoti; badiiy matnning adabiyotshunoslik uchun muhim bo‘lgan xususiyatlarini ilmiy tadqiq etish.

· Tarjimashunoslik va tarjima mahorati.

· Ingliz va o‘zbek xalqlari adabiy aloqalarining muhim qirralarini o‘rganish.

· Ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy matnni bir tildan ikkinchisiga o‘girish va tarjimashunoslikning muhim masalalari.

· Umumiy tilshunoslikning nazariy masalalari va qiyosiy tipologiya.

Ingliz tilti 3-fakulteti professor-o‘qituvchilarining orasida chet ellik oqituvchilar ham faoliyat olib borishmoqda. Fakulteti professor-o‘qituvchilari ilmga chanqoq bo’lib, ilmiy ish olib boorish jamoada yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda 9 ta ustuvor yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat tadbirlarining qamrovi hamda samaradorligini ko‘tarish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq ravishda talabalarning siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida talaba-yoshlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblarining intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro‘y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida to‘laqonli ma’lumotlar dekanat hamda kafedralar hamkorligida tashkil etilgan “Axborot va murabbiylik soatlari”da muntazam yoritib boriladi. Xususan, talabalar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish, mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar mohiyatini to‘g‘ri tushuntirish, talabalar orasida atroflicha muhokama qilish maqsadida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Fakultetda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida o‘zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi qutlug‘ sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakultet talabalari universitet, tuman, shahar, respublika, xalqaro miqyosdagi yoki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy ko‘rik tanlovlarda faol qatnashib munosib o‘rinlarni egallab kelmoqda. Har yili universitet miqyosida o‘tkazilgan futbol bo‘yicha musobaqalarda o‘qituvchilar va talabalarimiz fakultet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko‘rsatishmoqda.

Fakultetining hamkor tashkilot va muassasalari:

  1. Toshkentdagi Xalqaro Vestministr Universiteti.
  2. Toshkentdagi Britaniya kengashi.
  3. Toshkentdagi Britaniya maktabi
  4. Erasmus + evropa itifoqining EMEP loyihasi
  5. Turkiyaning Haceteppe universiteti.
  6. Toshkent davlat pedagogika universiteti
  7. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
  8. Angliyaning Birmingem shahridagi Aston universiteti.
  9. Angliyaning London shahridagi Metropoliten universiteti.
  1. O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi Sirojiddinov nomli Chilonzor akademik litseyi
  2. 2-son Toshkent yuridik kolleji

Kafedralar:
INGLIZ TILI AMALIY FANLAR KAFEDRASI 3
Batafsil
Ingliz tili integrallashgan kursi kafedrasi 3
Batafsil
Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi 3
Batafsil
INGLIZ TILINI O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI 3
Batafsil
-->