• Ishonch telefoni:230-13-73
TARJIMA NAZARIYASI VA AMALIYOTI FAKULTETI

ZIYAYEVA SEVARA ANVAROVNA

Ilmiy darajasi va unvoni: filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Lavozimi: Fakultet dekani

Qabul vaqtlari: Seshanba, payshanba, shanba (14:00-16:00)

Tel.: +99871-230-13-50

E-mail: sevarazijaeva75@mail.ru

Veb-sayt: uzswlu.tnf.uz

Fakultet tarixi

1994 yilda tashkil topgan. Fakultet 2 ta (tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, nemis, fransuz tillari), filologiya va tillarni o’qitish (xitoy, yapon va koreys tillari) ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 2005 yildan boshlab magistrlarni tayyorlab kelmoqda. 1994 yildan beri fakultetni 3300 dan ortiq bakalavr tugatib, ular xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Fakultet bitiruvchilari orasidan ko’plab davlat mukofoti, xalqaro mukofot sohiblari, yetuk tarjimonlar va elchixonalar xodimlari yetishib chiqqan. Fakultetda 10 dan ortiq til ikkinchi chet tili sifatida o‘rgatiladi. Bular yapon, koreys, xitoy, ital'yan, turk, ingliz, fransuz, nemis va ispan tillaridir. Fakultetda sinxron tarjima bo’yicha ham mutaxassislar tayyorlanadi. Sinxron tarjimani o‘rgatishga sohaning eng tajribali o‘qituvchilari jalb etilgan. Sinxron tarjima fanini o’qitish uchun maxsus chet el texnikasi bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud. 2014 yilda kafedraning bir qator professor - o`qituvchilari G.P.Kurbanazarova, D.E.Inamova hamda A.A. Hamidovlar O`zbekistonda og`zaki tarjimani rivojlantirish loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillari universitetida o`z malakalarini oshirib qaytdilar, so`ngra ushbu loyiha asosida 2015 yilning sentyabr oyida koreyalik mutaxassislar tomonidan 40 nafar talabaga mo`ljallangan 2 ta xonani sinxron tarjimaga o`qitish uskunalari bilan jihozlab berishdi. Xozirda ingliz-rus va ingliz-o`zbek yo`nalishlarida talabalarga sinxron tarjimadan saboq berib kelinmoqda.

Fakultetda 2 ta mutaxassislik kafedralari mavjud:

· Tarjimashunoslik nazariyasi va amaliyoti

· sharq filologiyasi kafedralaridir.

O’quv ishlari

Mutaxassislik kafedralarida 40 dan ortiq professor – o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi. Ulardan 2 nafari filologiya fanlari nomzodi, professor, 2 nafari filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 9 nafari katta o‘qituvchi, 29 nafari o‘qituvchilardir. Shu va boshqa bir qator yetuk mutaxassislar fakultetda hozirda tahsil olayotgan 600 dan ortiq talaba va magistrlarga saboq berib kelishmoqda. Fakultetda talabalar ilm olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan: jumladan, 40 nafar talabaga mo’ljallangan 2 ta sinxron tarjimaga o`qitish uskunalari bilan jihozlangan maxsus xona, 1 ta 20 nafar talabaga mo’ljallangan xitoy tili lingafon xonasi, internet bilan ta’minlangan 1 ta kompyuter xonasi, elektron doska bilan jihozlangan 1 ta seminar xonasi, proyektorlar bilan jihozlangan 3 ta ma’ruzalar zallari mavjud. Fakultetda hozirgi kunda quyidagi ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar tayyorlanadi:

Bakalavr ta’lim yo’nalishlari:

· 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)

· 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)

· 5120200 - Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili)

· 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish (xitoy tili)

· 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish (yapon tili)

· 5120100 - Filologiya va tillarni o’qitish (koreys tili)

Magistratura mutaxassisliklari:

· 5A120201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo’yicha)

· 5A120102 – Lingvistika (xitoy tili)

· 5A120102 – Lingvistika (yapon tili)

Ilmiy ishlar:

Fakultetda 2 ta ta’lim yo‘nalishi va to‘rtta til bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu yo‘nalishlarga tarjima nazariyasi, amaliyoti, tarixi va tarjima o‘qitish metodikasi yo‘nalishlari kiradi. Hozirgi kunda fakultetda 13 nafar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchi Phd ilmiy darajasini olish uchun izlanishlar olib bormoqda.

Fakultetda mutaxassislik fanlari bo‘yicha dars o‘tadigan o‘qituvchilardan 22 nafari xorijiy davlatlarda o‘z malakalarini oshirgan. Fakultet tashkil qilingandan beri 6 nafar talaba Prezident stipendiyasi sovrindori, 17 nafar talaba A.Navoiy davlat stipendiyasi sovrindori, 15 nafari talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan xorijiy tillar olimpiadasining g’olibi bo‘lgan. Bundan tashqari 12 nafar talaba yurtimizdagi turli jamg’armalari tomonidan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan stipendiyalar tanlovlarida g’olib chiqishgan.

Qiyosiy tilshunoslik va lingvistik tarjimashunoslik hamda lingvistika xitoy va yapon tillari mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura bo‘limi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bo‘limda hozirgi kunda 38 nafar magistr tahsil olmoqda. Magistr talabalarga fan nomzodlari va doktorlari, tajribali o‘qituvchilar saboq berib, magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilmoqdalar.

Fakultetda ko‘plab loyihalar ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 2012-2014 yillarga mo‘ljallangan ITD-1-119, “O‘zbek adabiyoti antologiyasi”ni ingliz tiliga tarjima qilish va adabiyotlararo kommunikatsiya muammolari” mavzusidagi loyihaning 1-yilida quyidagi 6 ta durdona asarlar fakultetimizning malakali tarjimonlari tomonidan ingliz tiliga tarjima qilindi: Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar”, Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, O‘tkir Xoshimovning “Dunyoning ishlari”, To‘lqin Hayitning “Vafo malikasi” va Tilab Maxmudning “Omonat dunyo” asarlari shular jumlasidandir.

Fakultetning ilmiy faoliyati quyidagi yo’nalishlarni qamrab oladi:

1. “Sharq tillarining dolzarb muammolari” (Xitoy, yapon va koreys tili)

2. “Sharq tilshinosligi” (Xitoy, yapon va koreys tili)

3. “Sharq tillarida tarjima masalalari” (Xitoy, yapon va koreys tili)

4. Hozirgi zamon sharq adabiyotining dolzarb muammolari” (Xitoy, yapon va koreys tili)

5. “Sharq tillarini o’qitish metodikasi" (Xitoy, yapon va koreys tili)

6. “Xorijiy sharq xalqlan adabivoti poetikasi masalalari” (Xitoy, yapon va koreys tili)

7. “Tarjima nazariyasi masaslalari” (ingliz tili)

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Fakultetda 9 ta ustuvor yo’nalishda amalga oshirilayotgan ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifat tadbirlarining qamrovi hamda samaradorligini ko’tarish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Unga muvofiq ravishda talabalarining siyosiy va huquqiy savodxonliklarini yanada oshirish, shu bilan birga, mamlakatimizda yuz berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarni yoshlar ongiga singdirish maqsadida talaba-yoshlar orasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqlari, respublika davlat arboblaring intervyulari hamda xorijiy mamlakatlarda ro’y berayotgan turli voqea-hodisalar haqida to’laqonli ma’lumotlar deknat hamda kafedralar hamkorligida tashkil etilgan “Axbarot va murabbiylik soatlari” da muntazam yoritib boriladi. Xususan, talabalar orasida atroflicha muhokama qilish maqsadida ham keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Fakultetda oldindan ishlab chiqilgan reja asosida o’zbek xalqi tarixida yorqin iz qoldirgan ijodkorlar, davlat arboblari, sarkardalarning tavallud kuni munosabati bilan bayram tantanalari uyushtiriladi. Vatanimiz tarixidagi qutlug’ sanalar munosabati bilan ham tadbirlar amalga oshiriladi. Fakultet talabalari inistitut, tuman, shahar, respublika, xalqaro miqiyosidagi yoki oliy o’quv yurtlari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy ko’rik tanlovlarida faol qatnashib munosib o’rinlarni egallab kelmoqda. Har yili institut miqyosidagi o’tkazilgan futbol bo’yicha “Rektor kubogi”, “Dekan kubogi”, musobaqalarida o’qituvchilar va talabalarimiz fakultet terma jamoalari tarkibida qatnashib yaxshi natijalar ko’rsatishmoqda.

 

Fakultetning hamkor tashkilot va muassasalari:

Fakultetda 5 ta (yapon, xitoy, koreys, turk, ital'yan) til o‘rganish markazi va bitta internet tramog’iga ulangan axborot texnologiyalari markazi hamda Britaniya kengashi tomonidan tashkil etilgan axborot resurs markazi mavjud. Barcha markazlar xorijiy elchixonalar tomonidan jihozlangan va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlangan.

Fakultetda 8 nafar xorijlik professor – oqituvchi mutaxassislik fanlari va ikkinchi chet tilidan talabalarga saboq beradi. Har yili fakultetdan a’lo baholarga o‘qiydigan talabalarni Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi, Italiya, Fransiya, Malayziya, Indoneziya, Gretsiya, Belgiya va boshqa davlatlarga turli muddatli kurslarda o‘qishga yuborish yo‘lga qo‘yilgan. Keyingi yillarda fakultet bir nechta xorijiy elchixonalar hamda xorijiy davlat universitetlari bilan ham hamkorlik qilmoqda. Jumladan, Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Belgiyaning Bryussel Oliy tarjimonlik maktabi, Xitoyning Pekindagi xitoy tili va madaniyati instituti, Janubiy Koreyaning Seul va Chun Ang universitetlari hamda KOICA xalqaro tashkiloti, Hindistonning Dehli universiteti, Italiyaning Peruji universiteti, Yaponiyaning JICA xalqaro tashkiloti, Misr Arab Respublikasining Ayn-Shams va Qohira universitetlari, Fransiyaning Strasburgdagi Mark Blok kabi universitetlari bilan aloqalar o‘rnatilgan.

Kafedralar:
TARJIMASHUNOSLIK NAZARIYASI VA AMALIYOTI KAFEDRASI
Batafsil
SHARQ FILOLOGIYASI KAFEDRASI
Batafsil
-->