Yangiliklar

Баҳорнинг илк онлари 1 март куни бизнинг университетда ўта кўтаринки кайфият билан бошланди...
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети инглиз тили 3-факультети инглиз тили амалий фанлари кафедраси ўқитувчиcи Соҳиба Сапаева бошчилигидаги 102, 123 ва 133 гуруҳ талабари томонидан “Modern trends in teaching foreign languages: achievements” (Чет тили ўқитишнинг замонавий йўналишлари жумладан, ўрганиш муваффақиятлари) мавзусида якуний ҳисобот тадбири ташкил этилди.
Тадбирда Ўзбекистон Республикасининг бокс спорт тури фаҳри бўлиб келаётган “Uzbek tigers” чимпион боксёрлари: Исроил Мадримов, Хасанбой Дўстматов ва бир қатор боқсчилар иштирок этишди.
Тадбир давомида талабалар томонидан саҳналаштирилган спектакл ва чиқишлар намойиши бўлиб ўтди. Шунингдек, ёш умидли хонанда Ёдгор Мирзажонов ижросида куй ва қўшиқлар йиғилганларга хуш кайфият улашди.

Баҳор. Қишнинг қаҳратонидан сўнг бутун оламни ўзининг муаттар бўйлари билан маст айлаган, дилларга қувонч, умид бахш этган гўзал фасл. Виқорли тоғлардан эриб кетаётган қорлар шарқироқ сойларнинг ўйноқи ва зилол сувларига айланиб, тириклик қўшиғини куйлаётгандек, гўё.
Қуёшнинг илк нурларидан жонланган майсалар секин бош кўтариб, қиру адирларни яшилликка буркамоқда. Бодом шохларию ўрик гуллари атрофида гир айланиб учаётган асаларилар нафис рақси ила ҳайрат дунёсини уйғотаётгандек.
Қушларнинг чуғур-чуғури, рангин капалаклар сайри, турналарнинг тизмақатор карвони курраи замин узра бахт уруғларини сочмоқда.
Она табиат уйғонди. Қайга боқманг, ҳар тарафда яшариш ва янгиланишни кўрасиз. “Ҳаёт куйи”нинг сирли оҳанги қалбларга шодлик улашмоқда. Фасллар келинчаги инсонларга кўтаринки кайфият, янги орзу-умидлар бағишламоқда.
Баҳор муборак!

Kuni kecha Malayziyaning yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Dato Noraini binti Abd Xamid xonim ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zDJTUga keldi.
O‘zDJTU rektori qabulxonasida bo‘lib o‘tgan muzokara tomonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Muzokara O‘zDJTUda malay tili markazini tashkil etish va ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalarini kengroq muhokama qilish bilan boshlandi.
Suhbat davomida Sultan Idris pedagogika universiteti bilan ikki tomonlama o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo‘lga quyish, “Malay tili” yangi avlod o‘quv darsligi ustida birgalikda ish olib borish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy maqolalarini davriy nashrlarda va elektron manbalarda chop etish, har yili 2 nafar malay tilini o‘rganuvchi talabani qisqa muddatli kurslarga yuborish va hamkor universitetdan 2 nafar talabani universitetga qisqa muddatga taklif qilish, 1 nafar mutaxassisni malay tili va madaniyatidan dars berish uchun uzoq muddatga taklif qilish, kelishgan holda, yo‘nalishni aniqlab, universitet mutaxassisini Sultan Idris pedagogika universitetiga pedagogik faoliyat olib borish uchun yuborish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun: Bugungi kunda O‘zDJTUda 20 ta xorijiy tillar qatori malay tili ham ikkinchi til sifatida 1996 yildan beri o‘qitib kelinadi.
Universitetda malay tilini ikkichi til sifatida o‘rganuvchi 4 ta guruh mavjud. 60 nafar talaba esa malay tili va madaniyatini o‘rganishmoqda.
Har yili 10 dan ortiq talaba malay tili mutaxassisligi bo‘yicha universitetni tamomlab, mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarda, aeroportlarda, mehmonxonalarda faoliyat yuritishadi.
Malayziya elchixonasi tomonidan har yili e’lon qilinayotgan MTCP dasturi orqali universitet o‘qituvchi va talabalari Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malakasini oshirib qaytmoqdalar.
Bugunga kelib, O‘zDJTU Malayziyaning Perlis universiteti, Baynari universitetlari hamda Sultan Idris pedagogika universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan.
Shu yilning 21-22 iyul kunlari bo‘lib o‘tgan Sultan Idris pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Malay tilini rivojlantirish bo‘yicha 5-Xalqaro Konferensiya”da Singapur, Indoneziya, Bruney va Malayziyadan tashrif buyurgan 50 dan oshiq professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
