• Ishonch telefoni:230-13-73

O‘ZBЕKISTON OTMLAR RЕKTORLARI AQSHDA

Ayni paytda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarining Missuri shtati Sent Luis shahrida joylashgan Vebster universitetiga tashrif buyurib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Avtomatik qoralama 361

Delegatsiya tarkibida O‘zDJTU rektori Raximov G‘anisher Xudaykulovich ham bo‘lib, O‘zDJTUda Magistratura yo‘nalishini ochish, xorijiy mutaxassislarni o‘quv jarayoniga qisqa va uzoq muddatga jalb qilish, universitet professor-o‘qituvchilarining Vebster universitetida malakasini oshirishi, shuningdek, talabalar va doktorantlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda ikki tomonlama Shartnoma imzolash maqsadida Vebster universiteti mutasaddilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zDJTUda Vebster universiteti bilan hamkorlikda Magistratura yo‘nalishini ochish uchun barcha shart-sharoit borligini, xorijlik mutaxassislar kelib ishlashi uchun turar joy va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan zamonaviy o‘quv binolari borligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Suhbat davomida tomonlar kelajakda ilmiy, ilmiy-texnikaviy sohada hamkorlikni yanada kengaytirish va rivojlantirishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlaridan iborat delegatsiya 2018 yil 23-29 iyul kunlari AQSHda xizmat safarida bo‘lishadi.

Oldin xabar berganimizdek, 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab Toshkent shahrida AQSHning Vebster universiteti filiali o‘z faoliyatini boshlaydi.

24 Iyul 2018
Chop etish