• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

JAHON TILLARI UNIVЕRSITЕTIGA QABUL SARHISOBI

Qabul rejasiga ko‘ra, joriy o‘quv yilida universitetimizning bakalavr bosqichiga 1900 ta talaba qabul qilinishi mo‘ljallangan bo‘lib, shundan 350ta o‘rin davlat grantiga ajratilgan. Mamlakatimizdagi aksar oliy ta’lim muassasalarida joriy yil xujjat topshiruvchilar soni kamaygani holda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilgiga nisbatan 436taga ko‘payganligi quvonarli holdir.

Bu yildan ixtisosliklar soni ko‘payganini ham e’tirof etish kerak: 2018-2019 yildan boshlab 75ta o‘rinli maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ochildi.

Iqtisodiy va madaniy taraqqiyotimiz ehtiyojlaridan kelib chiqib xitoy, koreys kabi sharq tillarini, shuningdek rus, fransuz va nemis tillarini o‘rganish istagidagi talabalar uchun ham qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi. Bu yilgi o‘quv yilida nemis va fransuz tili tarjimonligi yo‘nalishiga qabul e’lon qilinganligi bo‘lajak tarjimonlar uchun quvonchli yangilik bo‘ldi.

2017 yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasasida sirtqi (maxsus sirtqi) va kechki (smenali) ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 930-sonli qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga ko‘ra, O‘zDJTUda 2018-2019 o‘quv yili uchun rus tili va adabiyoti, chet tili va adabiyoti (ingliz tili), filologiya va tillarni o‘qitish (rus, ingliz, fransuz va nemis tillari) yo‘nalishlari bo‘yicha 175 o‘rinli kechki o‘quv bo‘limi ochildi. Hozirgacha 450 kishi kechki bo‘limda o‘qish istagini bildirib xujjat topshirgan. Kechki bo‘limdagi o‘qish muddati kamida 4,5 yil qilib belgilangan.

Ma’lumki, O‘zbekistondagi oliy ta’lim tizimi magistratura bosqichini ham o‘z ichiga oladi. Bu yil universitetimizga magistratura uchun 141 ta o‘rni ajratilgan bo‘lib, shundan 58tasini davlat granti asosida qabul qilish rejalashtirilgan. Magistraturaga chet tili va adabiyoti (ingliz tili), adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti); adabiyotshunoslik (rus, ingliz adabiyoti), tilshunoslik (rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, xitoy tillari); qiyosiy tilshunoslik va tarjimashunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha xujjatlar qabul qilinadi.

Hozirga qadar 350dan ortiq bitiruvchilar magistraturada o‘qish istagini bildirib xujjat topshirdi.

Kelayotgan o‘quv yili talabalar va umuman O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti uchun omadli keladi va test o‘tkazishning yangi tizimi yordamida talabalar safiga haqiqiy bilimga ega, intiluvchan yoshlarni qabul qilishga erisha olamiz, deb umid qilamiz.

30 Iyul 2018
Chop etish
-->