• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

TALABALAR TEATR STUDIYALARI FESTIVALI, RESPUBLIKA SARALASH BOSQICH

Joriy yilning 1 iyun sanasida O'zbekiston davlat san'at, madaniyat institutida Respublika talabalar teatr festivalining saralash bosqichi bo'lib o'tdi.

Festivalda universitetimiz talabalaridan iborat "Oltin davr ilhomlari" teatr studiyasi "Insonlikga nomzod" sahna asari bilan qatnashishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Festival yakunida O'zbekiston davlat san'at, madaniyat institut yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor Mullajonov Davlat Mavlonovich so'zga chiqib  "Talabalar tomonidan sahnalashtirilgan barcha sahna asarlari, juda ajoyib chiqganligi, festivalda sahnalashtirilgan har bir asar respublikamiz teatrlarida professional aktyorlar tomonidan ijro etilgan, xalqning ko'nglidan joy olgan asarlarni tanlaganligi uchun, teatrga qiziqayotgan muxlislarning, aktyorlar, ijodkorlarning paydo bo'layotganiga, teatrga muhabbat ortayotganidan faxrlangan holda hakamlar  jamoasi nomidan rahmat aytib o'tdilar.


Festival yakunida jamoalar 6 nominatsiya bo'yicha taqdirlandilar:

1.Toshkent davlat stomatologiya instituti "Shifo" teatr studiyasi "Eng yaxshi spektakl" nominatsiyasi

2. Kamoliddin Bexzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti "Iqtidor" teatr studiyasi "Dolzarb mavzuning sahnaviy talqini" 

3. O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti "Oltin davr ilhomlari" teatr studiyasi a'zosi Karimova Madina "Eng yaxshi ayol roli"  

4. Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti "Yosh aloqachilar" teatr studiyasi a'zosi "Eng yaxshi erkak roli"  

5.Moliya instituti "Moliyachi" teatr studiyasi "Eng yaxshi talabalar studiyasi"  

6. Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti instituti "Navoiy vorislari" teatr studiyasi "Milliy an'ana va qadriyatlar tarannum etilgan eng yaxshi spektakl" nominatsiyalar sohibi bo'lishdi.

O'zDJTU Matbuot xizmati

01 Iyun 2019
Chop etish
-->