• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O‘zDJTUGA KOREYANING XANKUK UNIVERSITETI PROFESSORI TASHRIF BUYURDI

Joriy yilning 31-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Xankuk universiteti professori Sung-Don Xvan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zDJTU rektori G‘.Raximov hamda universitet vakillari ishtirokidagi mazkur uchrashuvda tomonlar bir qancha masalalarni muhokama qildilar:

  • O‘zDJTUda Ipak Yo‘li Tadqiqot markazini tashkil qilish;
  • O‘zDJTUning Ipak Yo‘li Universitetlari Tarmog‘i (SUN)ga a’zoligi;
  •  O‘qituvchi va talabalar almashinuvi.

Shuningdek, tashrif davomida Koreyaning Xankuk universiteti professori Sung-Don Xvan O’zDJTUda tashkil qilingan «Koreya burchagi» bilan tanishdi hamda talabalar bilan uchrashib, ularga qisqa ma’ruza qilib berdi.

Manba: www.fledu.uz  

02 Iyun 2019
Chop etish
-->