• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

BRITANIYALIK TALABALAR O‘zDJTUDA STAJIROVKA O‘TAYDILAR

Bugun, 3-iyun kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Buyuk Britaniyaning Markaziy Lankashir universiteti (University of Central Lancashire, UCLan)dan bir guruh mehmonlar tashrif buyurdi.

O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari britaniyalik mehmonlar Patrycja Golebiewska (kurator, o’qituvchi), Samantha Bainbridge (talaba), Paul Coyle (talaba), Nathan Ganley (talaba), Phil Winstanley (talaba)lar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik borasida muhokamalar olib bordilar.

Tashrifdan maqsad  britaniyalik talabalar (bo’lajak ingliz tili o’qituvchilari) 1 oy davomida O’zDJTUda stajirovka o’tash orqali o’z bilimlarini mustahkamlaydilar hamda egallagan bilimlarini amaliyotga joriy etadilar.

Manba: www.fledu.uz  

03 Iyun 2019
Chop etish
-->