• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

"Universiada-2019" SPORT MUSOBAQALARI 2-BOSQICH

Talabalar sporti assotsiatsiyasi tomonidan  8 aprel sanasidan boshlangan OTMlar o'rtasidagi Toshkent shahar "Universiada-2019" sport musobaqalari 2-bosqichi o'tkazilib kelinmoqda.

Mazkur sport musobaqalarida universitetimiz talabalari quyidagi sport turlari bo'yicha bir qator sharafli natijalarga ega bo'lishdi.

Joriy yilning 10-13 may kunlari  Toshkent shahar OTMlari o‘rtasida STOL TENNISI bo‘yicha musobaqalar bo'lib o'tdi.

 

Musobaqa yakunida universitetimiz Rus filologiyasi fakulteti talabasi Ne’matjonov Ilmdor 3-o‘rin, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Jumayeva Farangiz 3-o‘rinni egalladilar.

Joriy yilning 15-16 may kunlari o‘tkazilgan  Toshkent shahar OTMlari o‘rtasida BELBOG‘LI KURASH sport turi bo'yicha bellashuvlar bo'lib o'tdi.

Mazkur bellashuvda universitetimiz talabalari, 60 kg vaznda Ingliz tili 3-fak. talabasi O‘rolov Rustam 1-o‘rin, 81 kg vaznda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fak. talabasi Botirov Xusan 1-o‘rin, 90 kg vaznda Rus filologiyasi fak. talabasi Sultonbekov Davron 1-o‘rin, 55 kg vaznda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fak. talabasi Eshqobilov Abdumurod 3-o‘rin, 73 kg vaznda Ingliz tili 2-fak. talabasi Xudoyberdiyev Sadir 3-o‘rinni egalladilar.

Umumjamoa hisobida "Universiada-2019" sport musobaqalarining 2-bosqichida O‘zDJTU jamoasi 1-o‘rinni egalladilar.

"Universiada-2019" sport musobaqalarining 20 may sanasida  I.Shukurov hamda A.Platunov hakamligi boshchiligida futbol o'yinlari bo'lib o'tdi.

 

 

 Mazkur bo'lib o'tgan futbol o'yinlarida universitetimiz jamoasi quyidagi jamoalar bilan bellashgan holda,

 

TAQI          - 0:2 -  O'zDJTU 

TTYMI       - 2:2 -  O'zDJTU

TFI            - 0:3 -  O'zDJTU

TIQXMMI  - 2:1 - O'zDJTU

TDPU       - 1:0 - O'zDJTU

 

Umumiy hisobda universitetimiz jamoasi "Universiada-2019" sport musobaqalari futbol o'yinlarida, II - o'ringa ega bo'lishdi. (To'liq havola)

 

 

 "Universiada-2019" OTMlar o'rtasidagi Toshkent shahar  sport musobaqalari 2-bosqichida universitetimiz sharafini himoya qilgan g‘olib va sovrindorlar sharafiga taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur taqdirlash marosimda sport o'yinlarida ishtirok etgan talabalarimiz universitet rahbariyati hamda rektorimiz tomonidan medallar, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.  

 

 

 

O'zDJTU Matbuot xizmati

10 Iyun 2019
Chop etish
-->