• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

INDONEZIYA ELCHISI O’ZDJTUGA TASHRIF BUYURDI

 

 

Bugun, 12 iyun kuni Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sunario Kartadinata janoblari O’zbekiston Davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida elchi janobi oliylari universitet rektori G.Raximov bilan uchrashdi.

Samimiy o’tgan suhbat davomida tomonlar ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda istiqboldagi rejalar haqida fikr almashishdi.

 

Shu kunning o’zida, O’zDJTUda indonez tilini katta qiziqish bilan o’rganib kelayotgan talabalar o’rtasida Zakovathamda Badiiy drama bellashuvlari bo’lib o’tdi.

Bellashuv O’zbekistondagi Indoneziya elchixonasi hamda O’zDJTU hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, unda Indonesiyadan O’zbekiston OTMlariga jalb qilingan mutaxassislar, professor-o'qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Tadbir so’ngida g’oliblar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlandilar. Indonez tilini o’rganib kelayotgan barcha guruh talabalariga ham esdalik sovg’alari topshirildi.

 

Manba: www.fledu.uz  

12 Iyun 2019
Chop etish
-->