• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

BADIIY ADABIYOT O'QIYMIZ

 

Joriy yilning 10 iyun kuni O'zDJTU Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligi doirasida "Badiiy adabiyot o'qiymiz" nomli tadbir bo'lib o'tdi.

 

Mazkur taqdimotda  Xorijiy til va adabiyoti 1-fakultetining 104, 124, xorijiy til va adabiyoti 2-fakultetining 101 , xorijiy til va adabiyoti 3-fakultetining  125- guruh talabalari hamda o`qituvchilar ishtirok etishdi.  Tadbir davomida Axborot-resurs markaziga yangi kelgan lotin yozuvidagi badiiy adabiyotlar taqdimoti bo'lib o'tdi.  Taqdimotda ARM AKT yetakchisi N.Umarova, ARM bo`lim mudiri Sh.Ismailova va I.Ashurovalar tomonidan yangi kelgan 48 ta turli xil badiiy adabiyotlar haqida qiziqarli ma`lumot berib o'tildi.

 

O'zDJTU Matbuot xizmati

12 Iyun 2019
Chop etish
-->