• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTUGA HUJJAT TOPSHIRGAN ABITURIYENTLAR SONI 2708 TAGA YETDI

2019/2020 o`quv yili uchun qabul jarayonlari ayni vaqtda qizg`in sur'atlarda davom etmoqda. Boshqa oliygohlar singari O`zDJTU ham hujjat topshirish istagida kelayotgan abituriyentlar bilan gavjum.

 

 

O`tgan 18 kun ichida universitetimizga 2708 nafar abituriyent hujjat topshirdi. Ularning 1585 nafari o`zbek tilidagi ta'limni, 1123 tasi esa rus tilini tanlagan. Kechki ta'limga 139 nafar abituriyentning hujjatlari qabul qilindi.

Abituriyentlar maxsus konsultantlardan kerakli ma'lumotlar hamda tavsiyalarni olishmoqda. 

 

 

 

 

Hujjatlarni elektron nashrga joylashtirish va abituriyentni registratsiyadan o`tkazish jarayonlari ham avjida:

 

 

Bu yil talaba bo`lishni niyat qilib, oliy ta'lim muassasalari tomon oshiqayotgan barcha talabalarga omad tilaymiz! O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining eshiklari Siz uchun doimo ochiq!

O`zDJTU Matbuot xizmati

04 Iyul 2019
Chop etish
-->