• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTUDA MAGISTRLARGA DIPLOM TOPSHIRISH MAROSIMI BO`LIB O`TDI

Bugun, 9- iyul kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi bo`lib o`tdi.

 

 

 

Tadbirning ochilish qismida O`zbekiston Respublikasining madhiyasi tinglandi.

 

 

 

Undan so`ng O`zDJTU rektori G`. Raximov magistr darajasini qo`lga kiritgan talabalarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. "Bu yil O`zDJTU magistraturasini turli mutaxassisliklar bo`yicha jami 171 nafar magistr tugatmoqda.  Biz yuqori bilim va malakaga ega bo`lgan   eng munosib kadrlarni safimizda bo`lishini, ilmiy faoliyatni davom ettirishini istaymiz. Universitet istiqbolini biz siz bilan birga quramiz! Barchangizga magistrlik muborak bo`lsin!", deb ta'kidladi G`. Raximov.

 

 

 

 

 

 

Estrada olamining vakillaridan bo`lgan Mahliyo Omon o`zining sho'x-shodon qo`shiqlari bilan barchaga yaxshi kayfiyat ulashdi. 

 

 

 

Shundan so`ng barcha magistrlar gulduros qarsaklar hamohangligida o`z diplomlarini qabul qilib olishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Magistrlik darajasiga erishgan talabalarni qo`llab-quvvatlash uchun yaqinlari, farzandlari, oila a'zolari ham tashrif buyurishdi.

 

 

 

 

 

 

Iqtidorli talabalarning ota-onalari nutq so`zlab, iliq tilaklarini bildirishdi.

 

 

Magistrlar 2 yil orziqib kutgan kun shodliklarga, yoqimli taassurotlarga boy bo`ldi.

 

 

 

O`zDJTU Matbuot xizmati

09 Iyul 2019
Chop etish
-->