• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

YAPONIYANING KYOTO UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK O`RNATILMOQDA

Bugun, 10-iyul kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiyaning Kyoto chet tillari universitetining o`quv ishlari bo`yicha vitse-prezidenti Yui Kikuko bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. O`zDJTU rektori G`. Raximov boshchiligidagi universitet vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan uchrashuvda ko`plab masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv avvalida universitetimiz rektori Kyoto chet tillari universiteti vakiliga O`zDJTU haqida to`liq ma’lumot berdi. Shundan so`ng Yui Kikuko ham Kyoto universiteti haqida to`xtalib o`tdi va hozirda ikki fakultet ochilganini, sentabrdan ular o`z faoliyatini boshlashini ta’kidladi. Global study va Tourism fakultetlari doirasida O`zDJTU talabalarini o`qitish va amaliyotini yo`lga qo`yish muhokama qilindi.

Shuningdek, talaba, o`qituvchi va tadqiqotchilar almashinuvini yo`lga qo`yish, hamkorlikda o`quv adabiyotlarini yaratish kabi masalalar ham ko`rib chiqildi.

Uchrashuv so`ngida ikki tomon vakillari hamkorlik aloqalari doirasida doimiy muloqot olib borishga kelishib olishdi.

O`zDJTU Matbuot xizmati

10 Iyul 2019
Chop etish
-->