• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTUDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHGA BAG`ISHLANGAN DAVRA SUHBATI O`TKAZILDI

Joriy yilning 2-avgust kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ta’lim muassasalarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida davra suhbati o`tkazildi.

Mazkur tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi Botir Matmuratov, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarma prokurori Sardor Mamanov, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig`i Otabek Bazarov, shuningdek, O`zDJTU professor o`qituvchilari va rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G`. Raximov ochib berdi.

Shundan so`ng O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasi raisi B. Matmuratov so`zga chiqib, 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasining yangi tarkibi, 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda kapital qurilish va oliy ta’lim sohalarida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshirilishi kabi masalalar xususida ma’lumot berdi.

U oliy ta’lim sohasidagi eng katta doimiy muammolarni sanar ekan, ular qatorida avvalo o`qituvchilarning bilimi yetarli emasligi, talaba-yoshlar orasidagi odob-axloq qoidalari, shuningdek, korrupsiya turishini alohida ta’kidladi.

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarma prokurori Sardor Mamanov ham so`nggi yillarda oliy ta’lim sohasida korrupsiya avj olganligi va bu borada salmoqli ishlar qilish vazifasi bugungi kunning har bir fuqarosiga taalluqli ekanligini ta’kidladi va bir qator misollar keltirib o`tdi.

Tadbir yakunida O`zDJTU O`zbekiston tarixi kafedrasi mudiri Nilufar Djurayeva so`zga chiqib, universitetdagi bu borada qilinayotgan islohotlarni sanab o`tdi va bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi.

 

O`zDJTU Matbuot xizmati

02 Avgust 2019
Chop etish
-->