• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O’ZBEKISTONDA OXFORD UNIVERSITY PRESS NASHRIYOTINING RASMIY VAKOLATXONASI OCHILADI

Joriy yilning 2-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida Oxford University Press nashriyotining rasmiy vakolatxonasi ochilish marosimi bo’lib o’tadi (15.00 – 17.00).

Oxford University Press – dunyodagi eng katta nashriyotlardan biri bo’lib, asosan uch yo’nalishdagi materiallarni chop qiladi: ingliz tilini o’qitish; ta’lim va tadqiqot. Mazkur tashkilotning missiyasi – ta’limga oid noyob materiallarni yaratishdir. Nashriyot mahsulotlari va xizmat turlari dunyoning 150 mamlakatida 100 tilda sotuvga qo’yilgan.

Oxford University Pressning O’zbekistondagi rasmiy vakolatxonasining ochilish marosimida nashriyot faoliyati, maqsadi, kelajakdagi rejalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo’lasiz.

Barcha qiziquvchilarni ochilish marosimiga taklif qilamiz!

30 Sentyabr 2019
Chop etish
-->