• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTU VAKILLARI “BIRINCHI TOSHKENT XALQARO KITOB KO`RGAZMASI”GA TASHRIF BUYURISHDI

Joriy yilning 2-4-oktabr kunlari “O`zekspomarkaz”da “Birinchi Toshkent xalqaro kitob ko`rgazmasi” bo`lib o`tmoqda. Ushbu yarmarkada O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining professor-o`qituvchilari, talabalar hamda axborot-resurs markazi xodimlari ham ishtirok etishdi.

Ko`rgazmada O`zbekiston milliy kutubxonasi, shuningdek, “Sharq” nashriyoti, “Yosh kuch”, “Davr press” va boshqa nashriyotlar o`z kitob, jurnallarini namoyish etishmoqda. Universitetimiz o`qituvchi va talabalari ham nashriyotlardagi so`nggi yangiliklardan boxabar bo`lishdi hamda o`zaro tajriba almashishdi.

O`zDJTU Matbuot xizmati

03 Oktyabr 2019
Chop etish
-->