• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTU BITIRUVCHISI OZOD QURBONOV MILLATLAR O`RTASIDA MALAY TILI SUXANDONLIGI MUSOBAQASIDA G`OLIB BO`LDI

Joriy yilning 22-30-sentabr kunlari Malayziyada o`tkazilgan Millatlar o`rtasida malay tili suxandonligi (Malayziya bosh vaziri kubogi)da O`zDJTUning bitiruvchisi Ozod Qurbonov faxrli birinchi o`rinni egalladi.

10 kun davomimida 20 ta davlatdan borgan qatnashchilar malay tilida to`rt rounddan iborat musobaqada ishtirok etishdi. Musobaqa Malayziya Ta’lim vazirligi tomonidan moliyalashtirildi.

Ozod Qurbonov Malayziyaning ko`plab ommaviy axborot vositalariga bergan intervyularida murabbiylari Dr. Sabariah Sulaiman va Erkin Bekkulovlarga alohida minnatdorchilik izhor qildi.

G`olibga 10 ming ringgit miqdorida pul mukofoti hamda medal topshirildi.

O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ozod Qurbonovni ushbu mukofotni qo`lga kiritgani bilan muborakbod etadi va universitetdan bu kabi iqtidorli mutaxassislar yetishib chiqayotgani bilan faxrlanadi!

O`zDJTU Matbuot xizmati

03 Oktyabr 2019
Chop etish
-->