• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

UNIVERSITETIMIZDA “O`ZBEKISTON – DINIY BAG`RIKENGLIK YURTI” MAVZUSIDA TADBIR BO`LIB O`TDI

Bugun O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O`zbekiston millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik yurti” mavzusida uchrashuv bo`lib o`tdi.

UzSWLU

UzSWLU

Tadbirga O`zbekiston Respublikasi musulmonlar idorasining rais o`rinbosari Ibrohimbek Inomov hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo`yicha qo`mitaning diniy-ijtimoiy jarayonlarni o`rganish axborot-tahlil markazi bosh mutaxassisi Bahodir Daminov tashrif buyurdi.

UzSWLU

UzSWLU

Tadbirni O`zDJTU rektori G`anisher Rahimov ochib berdi. Tadbir avvalida kuni kecha “Fidokorona mehnatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan O`zDJTUning faxriy o`qituvchisi Iriskulov Muhamadavas Tursunovich universitetning barcha murabbiylari nomidan muborakbod etildi.

UzSWLU

UzSWLU

Undan so`ng O`zbekiston Respublikasi musulmonlar idorasining rais o`rinbosari bugungi kunda dunyoda sodir bo`layotgan voqealar hamda diniy bag`rikenglik xususida fikr bildirdi.

UzSWLU

UzSWLU

Bahodir Daminov esa terrorizm hamda ekstremizm jarayonlari shaxsning din borasidagi bilim hamda tasavvurlari yetarlicha emasligidan avj olib ketayotganini alohida ta’kidladi.

UzSWLU

UzSWLU

Tadbirda universitetning barcha pedagog kadrlari ishtirok etishdi hamda bu borada yosh avlodga tushuntirish lozim bo`lgan masalalar xususida ko`plab ma’lumotlarga ega bo`lishdi.

UzSWLU

UzSWLU

O`zDJTU Matbuot xizmati

08 Oktyabr 2019
Chop etish
-->