• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O`zDJTUDA “O’ZBEKISTAN VA HINDISTON: BUGUN VA KELAJAK” NOMLI TADBIR BO`LIB O`TDI

Bugun, 2-noyabr kuni O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida Hindistonning Toshkentdagi Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “O’zbekistan va Hindiston: bugun va kelajak” nomli tadbir bo`lib o`tdi.

Mazkur tadbirda Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi direktori Shekhar Chander, Deli universiteti vitse-prezidenti Kamal Kishor Goyanka, Deli universiteti professori doktor Tekchandani va Markaziy Hind tili instituti direktori Nand Kishor Pandey hamda O’zDJTU rahbar-xodimlari, professor o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilariga talabalar tomonidan tayyorlangan hindcha kuy-qo`shiqlar, she’rlar, sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Shu jumladan, hindistonlik mehmonlarga o`zbek milliy raqslari - andijoncha, xorazmcha, surxoncha raqs dasturlari taqdim etildi. Viktorina tashkil etilib, unda hind tilini o’rganayotgan talabalar hind kinofilmlariga yozilgan soundtreklarni ijro etdi va zukko talabalar kinofilmlar nomlarini topib, qimmatli sovg’alarga ega bo’lishdi.

Tadbir davomida Hindiston madaniyat markazi direktori Dr. Shekhar 20 nomdagi hind va ingliz tilidagi kitoblar va o’quv adabiyotlarini berdi.

Ko`tarinki ruhda bo`lib o`tgan tadbir barchaga birdek manzur bo`ldi. Tadbir yakunlanganidan so`ng mehmonlar O`zDJTU mutasaddilari bilan hamkorlik masalalari bo`yicha muzokaralar olib borishdi hamda istiqboldagi rejalarni muhokama qilishdi.

O`zDJTU Matbuot xizmati

02 Noyabr 2019
Chop etish
-->