• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

“TEAMWORKING AND TRAVEL” LOYIHASI DOIRASIDA SAMARQANDGA SAYOHAT UYUSHTIRILDI

Kuni kecha O`zbekiston davlat jahon tillari universitetining filologiya fakulteti talabasi Shahribonu Umirboyeva tomonidan tashkillashtirilgan “Teamworking and travel” loyihasining Samarqand viloyatidagi ilk soni bo`lib o`tdi. Mazkur loyihada respublikaning turli oliy ta’lim muassasalaridan 30 ta talaba ishtirok etdi.

“Teamworking and travel” loyihasining asosiy maqsadi yoshlar o`rtasida jamoa bilan ishlash ko`nikmasini shakllantirish hamda ilm-ma’rifatga undaydigan atmosfera hosil qilishdir.

Sayohat doirasida Samarqand viloyatida biznes, innovatsiya, turizm to'g'risida treninglar, motivatsion davra suhbatlari, jurnalistik seminarlar, marketing to'g'risida bilim-ko'nikmalarni oshirishga qaratilgan uchrashuvlar bo`lib o`tdi. Yakunda esa loyiha ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar topshirildi.

O`zDJTU Matbuot xizmati

04 Noyabr 2019
Chop etish
-->