• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Tarjimonlik fakultetida 2 bosqichli chet tillar haftaligi tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda

Tarjimonlik fakultetida 2 bosqichli chet tillar haftaligi tadbirlari o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Til haftaligining 1-bosqichini o‘tkazish uchun 2 hafta vaqt beriladi:
➢ Arab tili haftaligi 2019 yil 25 noyabrdan 2019 yil 7 dekabrgacha;
➢ Ingliz tili haftaligi 2019 yil 9 dekabrdan  21 dekabrgacha;
➢ Nemis  tili haftaligi 2020 yil 13 yanvardan 25 yanvargacha;
➢ Fransuz tili haftaligi  2020 yil 3 fevradan  15 fevralgacha;
➢ Italyan tili haftaligi  2020 yil 17 fevraldan  28 fevralgacha;
Til haftaligiga bag‘ishlangan tadbirlar  talabalarni xohishiga  qarab turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.(bilimlar bellashuvi, viktorina,saxna chiqishlari, kitobxonlik  QVZ va hokozalar)
Til  haftaligi tadbirlarida faol qatnashgan talabalar va guruh rahbarlariga dekanat tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshiriladi va fakultetda tashkil qilinayotgan “Fidokor professor-o‘qituvchilar va talabalar” doskasida ularning suratlari joy oladi.  Kafedra mudirlari va guruh murabbiylari hamda talabalar birgalikda “Til haftaligi” dasturini tuzishi va fakultet dekaniga tasdiqlatishi so‘raladi.

Izoh:  Til haftaligining 2- bosqichi  2020 yil mart oyidan kelishilgan jadval asosida boshlanadi

25 Noyabr 2019
Chop etish
-->