• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

“XALQLAR DO‘STLIGI” zabt etildi yoxud O‘zDJTU jamoasi QVZ finalida sovrindor bo’ldi

Respublikamizning 107 ta oliy ta’lim muassasalaridan 107 ta jamoa ishtirok etgan Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovida universitetimiz jamoasi zafarli yurishda davom etdi.

Saralash, chorakfinal, yarimfinaldagi biri-biridan shiddatli jamoalarni matonat va ishonch bilan enga olgan O‘zDJTU “Bolalar” QVZ terma jamoasi Finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, o‘z tarixida yangi sahifani ochgan edi. Joriy yilning 18 dekabrь kuni bu tarix yana yangilandi. Universitetimiz jamoasi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan Quvnoqlar va zukkolar ko‘rik tanlovining 2019 yilgi final uchrashuvida sovrinli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. SHu bilan birga homiylar va tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan 15 000 000 (O‘n besh million) so‘m mukofot pulini ham qo‘lga kiritdi.

Bundan tashqari, mazkur mavsum davomida yorqin ijro namoyish etgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Murod Abduraimov “Eng quvnoq yigit” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. QVZ muxlislarini va universitetimiz jamoasini mazkur g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz.

O‘zDJTU Matbuot xizmati

19 Dekabr 2019
Chop etish
-->