• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

TURIZM SANOATINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMASIGA BAG’ISHLANGAN SEMINAR BO’LIB O’TDI.

Seminarda yaponiyalik vakillar turizm sanoatini rivojlantirishga qaratilgan taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, JTBning turizmni rivojlantirish bo’yicha maslahatchisi Kentaro Xayashi “Turizm sanoatining hozirgi holati” mavzusida; JTBning global biznesni rivojlantirish bo’limi boshlig’i Takayuki Suzuki “Turizm sanoati bilan tanishuv”, “Gid-ekskursovod faoliyatining asosiy jihatlari”; JTBning turizmni rivojlantirish bo’yicha maslahatchisi esa Shoko Usui “Barqaror turizmni rivojlantirishga ko’maklashish” mavzusida taqdimotlar bilan chiqish qildi.

Seminarning amaliy qismida ishtirokchilar “Mahalliy resurslarga asoslangan sayyohlik mahsulotlarini ishlab chiqish” mavzusi doirasida fikr almashdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ma’lumot o’rnida: JTB korporatsiyasi – Yaponiyaning mashhur brendlaridan biri bo’lib, dunyoning 40ga yaqin mamlakatida 500dan ortiq fililallariga ega sayyohlik agentligi va xalqaro turizm bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. Korporatsiyada 29 mingdan ortiq xodimlar faoliyat ko’rsatadi. Agentlikning asosiy maqsadi madaniyatlararo kommunikatsiyani yo’lga qo’yish bo’lib, korporatsiya fikricha, bu jarayonda asosiy vosita sayohat qilish hisoblanadi. JTB korporatsiyasi turizm sohasida ish olib borish bilan birga o‘quv dasturlari ishlab chiqish, turizm sohasida tadqiqotlar olib borish, mehmonxonalar tizimini rivojlantirish bilan ham shug‘ullanadi. Korporatsiyaning maxsus maktablari bo‘lib, ularda malakali ekspertlar va mutaxassislar faoliyat olib boradi.

 

Manba: FLEDU.uz

 

11 Fevral 2020
Chop etish
-->