• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Yaponiyadagi chet ellik talabalar o`rtasidagi 29-Yapon tili notiqlik san`ati bo`lib o`tdi.

Joriy yilning 8-fevral sanasida Yaponiyaning Mito shahrida  Yaponiyadagi chet ellik talabalar o`rtasidagi 29- Yapon tili notiqlik san`ati bo`lib o`tdi. Unda Yaponiyada tahsil olayotgan chet ellik talabalar o`z mavzulari bilan qatnashishdi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo`lib,birinchi bosqichda qatnashuvchi haqida ma`lumot,uning nutq matni hamda audio yozuvi hakamlar hay`ati tomonidan ko`rib chiqildi. Shundan so`ng, qatnashuvchilar orasidan 15 nafari ya`ni, Buyuk Britaniya, Amerika Qo`shma Shtatlari, Hindiston, Braziliya,Birlashgan Arab Amirliklari, Filippin, Xitoy, Rossiya, Mo`g`iliston,Tailand, Vyetnam, Malayziya,Indoneziya kabi davlatlardan kelgan talabalar keyingi bosqichga  tanlab olindi.  Ishtirokchilar o`z chiqishlarini tugatishganidan so`ng hakamlar hay`ati tomonidan quyidagi tartibda natijalar e`lon qilindi.

1- o`rin: O`zbekiston
2- o`rin : Xitoy 
3- o`rin : Buyuk Britaniya 

Shu o`rinda quyidagi fikrni keltirib o`tishni joiz deb topdim. Tadbir davomida tomoshabinlar orasida o`yin tariqasida  kichik so`rovnoma o`tkazildi. Va unda O`zbekiston haqida quyidagi savol berildi: 
O`zbekiston Afg`oniston tarkibidagi viloyatmi? 
Afsuski so`rovnomada qatnashganlarning 70% foizi ha  degan javobni berishdi. Bundan ko`rinadiki ular O`zbekiston haqida deyarli ma`lumotga ega emas.  Ammo tadbir so`ngida g`olib sifatida so`zga chiqdim. Davlatimiz haqidagi savolga to`xtalib,O`zbekistonning mustaqil respublika ekanligi, uning davlat bayrog`i, urf-odatlari hamda davlat tili borligi haqida qisqacha malumot bera olganimdan xursandman.
 Tadbir o`tkazilgan zalga kiraverishdagi yo`lakda qatnashuvchilarning rasmlari,ular haqida ma`lumot va davlat bayrog`I tushirilgan suratlar terib qo`yilgan edi. Tadbir so`ngida zaldan chiqar ekanman davlatimiz bayrog`I tushirilgan surat oldida 10dan ziyod mehmonlarning to`planib turgani va davlatimiz bayrog`ini ko`rsatib UZUBEKISUTAN deya yaponcha talaffuz bilan aytayotganliklarini eshitdim. Shu onda Vatanimni ozgina bo`lsada  tanita olganligimni his qildim. 
Xulosa o`rnida shuni takidlab o`tishim joizki,Vatanimiz O`zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari kabi osmono`par binolar, iqtisodiy qudratga ega bo`lmasligi mumkin lekin O`zbekiston shu narsalarni bera oladigan yoshlariga egadir.   


Hurmat bilan O`zbekiston Davlat Jahon tillari Universiteti talabasi Sardorxo`ja Bozorboyev!

12 Fevral 2020
Chop etish
-->