• Ishonch telefoni:230-13-73

YOSHLAR UCHUN TA’LIM VA MUTAXASSISLIK KO‘RGAZMASI ISH BOSHLADI

Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida uch kun davom etuvchi “Ta’lim va mutaxassislik 2018” XVIII xalqaro an’anaviy ko‘rgazmasi ish boshladi. Ko‘rgazmaga umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollej va akademik litsey o‘quvchilari, abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari, o‘quv muassasalarining vakillari tashrif buyurdilar.

Avtomatik qoralama 87

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari hamkorligida o‘tkazilayotgan ushbu ko‘rgazmada mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalari, xorijdagi nufuzli oliy o‘quv yurtlari va ularning O‘zbekistondagi filiallari, nodavlat ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda.

Bu galgi ko‘rgazma ham mamlakatimiz hamda dunyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasalaridagi kasb va mutaxassislik yo‘nalishlari va davlatimiz tomonidan ta’lim sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bilan tanishtirish, ularning kasb tanlashlariga yordamlashish, bo‘sh ish o‘rinlari haqida yoshlarga ma’lumot berish maqsadida tashkil etildi.

Avtomatik qoralama 88

Tadbirga tashrif buyurgan ko‘plab xalqaro tashkilotlarning vakillari hamda mamlakatimizdagi chet elchixonalari rahbarlari ko‘rgazmaga yuqori baho berdilar. Xususan, Latviya Respublikasi, Germaniya Federativ Respublikasi hamda Belarus Respublikasining yurtimizdagi favqulodda va muxtor elchilari va Toshkentdagi Britaniya Kengashi raisi ochilish marosimida o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar.

Avtomatik qoralama 89

Bu tadbirda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ham munosib ishtirok etmoqda va kelgusida aynan mazkur universitetda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan ko‘plab o‘quvchi yoshlarga universitet haqida ma’lumot bermoqda.

Manba fledu.uz

16 Mart 2018
Chop etish
-->