• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

“World youth innovation forum - 2020”

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Rossiya Federatsiyasining «Evroosiyo injiniring kompaniya»si MChJ bilan birgalikda joriy yilning 3-5 - noyabr kunlari birinchi xalqaro yoshlar innovatsiya forumi - “World youth innovation forum - 2020”ni o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Shu o‘rinda, “World youth innovation forum - 2020” - birinchi xalqaro yoshlar innovatsiya forumi doirasida “Eng yaxshi loyihalar” tanlovi bo‘lib o‘tadi. Tanlovda 18 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli talabgorlar ishtirok etishi mumkin. Tanlov g‘oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
 
Shu munosabat bilan ushbu tanlovda ishtirok etishga dolzarb va noyob g‘oyaga ega iqtidorli yoshlarni taklif etamiz. 

Arizalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi:

-Energetika;
-Qishloq xo‘jaligi;
-Sanoat va qurilish;
-IKT;
-Tibbiyot, biotexnologiya va ekologiya.

Ma’lumot uchun: Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor jamoalar 1-noyabrga qadar https://wif.im/ saytida loyihani ro‘yhatdan o‘tkazishi lozim. Shuningdek loyiha to‘g‘risida rus tilida .ppt formatda yozma va mp4 formatda video taqdimot yuqorida ko‘rsatilgan saytga yuklanishi lozim (Taqdimot namunasi ilova qilinadi).
 

02 Noyabr 2020
Chop etish
-->