• Ishonch telefoni:230-13-73

TO`LOV-KONTRAKT MIQDORI

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt miqdori eng kam ish haqida hisoblanadi. Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat qabul komissiyasi 4 iyul kuni ushbu qarorni qabul qildi.

To‘lov-kontrakt miqdori barcha yo‘nalishlar bo‘yicha EKIHning 15 iyuldan 7 foizga (184300 so‘m) oshishi hisobga olingan holda ko‘tarildi. Masalan, bakalavriatda eng kam miqdor EKIHning 45 barobari yoki 8,294 mln so‘m (6,65 mln so‘m edi), eng yuqorisi esa — EKIHning 60 barobari yoki 11,058 mln so‘mni (9,85 mln) tashkil etadi.

Magistraturada raqamlar miqdori mos ravishda EKIHning 49 barobari yoki 9,03 mln (6,29 mln) va EKIHning 66 barobari yoki 12,163 mln so‘mni (10,83 mln) tashkil etadi.

2018-2019 o`quv yili uchun to`lov-kontrakt miqdori

Шпаргалка по Flexbox - YouTube.MP4

Chop etish
-->