O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Sharq filologiyasi fakulteti tomonidan 2022-yil 17-may kuni “Koreys tilini o‘qitishda pedagogik kasbiy kompetensiya muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Konferensiyada soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrant va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. Konferensiya materiallari elektron to‘plam tarzida nashr etiladi.
Ilmiy maqolalar to‘plamiga DOI raqam beriladi va konferensiyaning barcha ishtirokchilariga sertifikat taqdim etiladi.
Anjuman maqsadi va vazifalari:
Anjuman quyidagi sho‘balarda ish yuritadi:
Anjuman materiallari quyidagi mavzularni qamrab oladi:
Anjuman materiallari to‘plamiga ilmiy maqolalar uchun talablar:
Materiallar ilmiy maqolalar shaklida o‘zbek, rus, ingliz, koreys tillarida elektron tarzda (Times New Roman shrifti, 14 kegel, 1,5 interval oralig‘ida o‘rtacha 4-6 bet hajmda) topshiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilmiy adabiyotlardan havola(snoska)lar har bir sahifa ostida bo‘lishi kerak. Annotatsiya (70-100 so‘zdan iborat) va kalit so‘zlar (5-10 so‘zdan iborat) 2tilda: ingliz tili va maqola yozilgan tilda bo‘lish kerak (namunada ko‘rsatilgan).
Maqolalarning har sahifasi uchun professor-o‘qituvichlar uchun 20 000 sum, talabalar va mustaqil izlanuvchilar uchun 10 000 sumdan to‘lov quyidagi plastik karta raqamiga pul o‘tkazish orqali amalga oshiriladi: 8600030496768049
Tashkiliy qo‘mita ilmiy maqolalarni saralash huquqiga ega.
Ilmiy maqolalar 2022-yil 10-maygacha qabul qilinadi.
Anjuman materiallarini yuborish uchun elektron manzil: ugiloy2288@gmail.com
Bog‘lanish uchun telefon raqam: +998974807288
Telegram manzil: +998974807288 (@Ugiloy_7288)
Konferensiyaga tegishli materiallar quyidagi sahifada berib boriladi.
https://conference.fledu.uz/problems-of-pedagogical-professional-competence-in-teaching-korean-language/