O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 noyabrdagi "Har yilgi “Ipak yo’lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 904-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 13-15 noyabr kunlari “Ipak yo’lida turizm” nomli XXV-Toshkent xalqaro turizm ko'rgazmasini o’tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur ko’rgazma, turizm salohiyatini rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o’rnatish va professional tajriba almashishga ko’maklashuvchi tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda, ko’rgazma Markaziy Osiyo va xalqaro miqiyosidagi yirik tadbirga aylandi.
Ko’rgazmada turizmning barcha yo’nalishlari bo’yicha 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy turoperatorlar va uyushmalar ishtirok etishi hamda xorijiy ekspertlarning tematik sessiyalardagi prezentasiya chiqishlari rejalashtirilgan.