Sport

O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi hamda O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan sportning futbol turi bo'yicha tashkillashtirilayotgan "9-may xotira va qadrlash kuni"ga bag'ishlangan musobaqasiga ro'yhatga olish boshlanganini e'lon qiladi.
Ro'yhatga olish 22-apreldan 29-aprel sanalarigacha davom etadi.
JISMONIY MADANIYAT VA SPORT KAFEDRASI
+998903535950
O'zDJTU Matbuot xizmati

O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida "9-may xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tashkillashtirilayotgan futbol musobaqasiga start berildi. Futbol musobaqasida universitetmiz fakultetlari o'rtasida, jamoalari 6 ta ishtirokchilardan tashkil topgan 11 jamoa, g'oliblik uchun kurash olib bormoqdalar.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 1 may kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida qizlar o'rtasida voleybol bo‘yicha, oliy ta’lim muassasalari “Universiada-2019” sport musobaqalari start berildi. 2019 yil 1-6 may kunlari bo'lib o'tadigan universiadada jamoalar o'rtasida Toshkent shahar saralash bosqichi uchun kurash bo'lib o'tadi.
Musobaqada universitetimiz sharafini himoya qilayotgan jamoamiz, musobaqaning birinchi kunida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan bo'lib o'tgan bellashuvda g'oliblikni qo'lga kiritib keyingi o‘yinga yo‘llanma oldilar.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 4 may kuni O'zDJTU fakultetlari talabalari o'rtasida stol tennisi musobaqasi bo'lib o'tdi.
Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqish va intilishlarini oshirish, sportning ommabopligiga erishish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda salomatligini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan musobaqada o‘g‘il va qizlardan tashkil topgan jamoalar, stol tennisiga qiziquvchi talaba yoshlar faol ishtirok etishdi.
Qiziqarli va ko'taringki ruhda o'tgan bellashuvlar yakunida g‘olib ishtirokchilar aniqlanib, ular bir qator sovg'alar, diplom hamda medallar bilan taqdirlanishdi.
O'zDJTU Matbuot xizmati