Sport

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida ‘’Students’ week’’ davom etmoqda. Kuni kecha ushbu haftalikning ikkinchi kunidan o’rin olgan Sport musobaqalari bo’lib o’tdi.
Unda talabalar sportning 5 turi bo’yicha bellashdilar. Murosasiz kurashlarga boy bo’lgan ushbu kunda stol tennisi, shaxmat, shashka, armrestling (kuch sinashish bahsi) hamda marafon yugurish kabi sport turlari bo’yicha fakultet talabalari o’zlarining nimalarga qodir ekanliklarini yana bir bor isbotladilar.
Shu bilan bir qatorda sport kunida qatnashgan ishtirokchilar orasidan g’oliblar aniqlandi. Ular ushbu haftalikning yakuniy kuni ya’ni 15-noyabr kuni e’lon qilinadi va diplom hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanadi. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, ‘’Students’ week’’ hali davom etadi.

Tarjimonlik fakultetida ‘’Students' week’’ haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu haftalik besh kun davomida o‘tkazilgan bo‘lib, unda fakultet iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Haftalikning yopilish marosimida faol qatnashgan va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandilar. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rashid Norqulov so‘zga chiqdi va g‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shoirlik mahoratiga ega talabalar o‘zlarining go‘zal satrlari bilan bayram ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishdi. Haftalikning Sport kuni doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar oltin, kumush hamda bronza medallari bilan taqdirlandilar.

Toshkent shahrida 34 ta OTMlar o'tasida sportning "Bovling" turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o'tdi. Musobaqada bizning universitet jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi.