Siyosat

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 3 февралдаги «Ўзбекистон Республикаси туризм салоҳиятини ривожлантириш учун қулай шарт-шароитлар яратиш бўйича қўшимча ташкилий чора-тадбирлар тўғрисида»ги ПФ-5326-сон Фармони ижросини таъминлаш, шунингдек, ҳудудларни барқарор ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг энг муҳим омилларидан бири сифатида ички туризмни жадал ривожлантириш, фуқароларни мамлакатимизнинг маданий-тарихий мероси ҳамда табиий бойликлари билан таништириш мақсадида Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети инглиз тили биинчи факультети томонидан Наврўз байрами арафасида Тошкент вилоятида жойлашган Занги Ота зиёратгоҳига талабалар ва профессор ўқитувчиларнинг ташрифи амалга оширилди. Талабаларнинг дарсдан бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш ҳамда уларни ўлкамиздаги тарихий обидалар, муқаддас қадамжолар тарихи билан таништириш мақсадида уюштирилган ушбу саёҳатдан талабалар кўплаб маълумотлар олиш баробарида маънавий озуқа билан қайтдилар.
Талабаларга Занги Ота ҳамда у кишининг аёллари Анбар она ҳақида маъулмотлар берилди, зиёратгоҳнинг барпо этилиш арихи, унинг қайта реконструкция қилиниши ҳақида қизиқарли фактлар айтиб ўтилди. Шунингдек, зиёрат одоби ҳақида Занги Ота зиёратгоҳи ходимлари талабаларга тушунтириш бериб ўтдилар.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili birinchi fakultetida “2019 yilning dekabr oyida bo'lib ơtadigan saylovlarninig o'ziga xos xususi tlari” to'g'risida talabalar bilan o'tkazilgan suxbat.
Saylovning mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilikka doir masalalar yuzasidan suxbat o'tkazish to'g'risida 2019 yil 11 - noyabr sanasida fakultet ma'muriyati tomonidan 22 - dekabr kuni bo'lib o'tadigan deputatlar saylovining mazmun-mohiyati va saylovga oid qonunchilikka doir masalalari yuzasidan davra suxbati o'tkazildi.
Suhbatni fakultet dekani A. Yuldashev olib bordi va barchaga saylovining mazmun-mohiyati, saylovga oid qonunchilikka doir masalalarni, fuqarolarga saylovda qatnashishlarda yaratilgan vakolat va imkoniyatlari haqida tushuncha berib, deputatlikka nomzodi qo'yilgan shaxslar to'g'risida malumotlar berdi. “Saylov – bu fuqarolarning saylov kompaniyasida ishtirok etish yo'li bilan saylash va saylanish huquqini amalga oshirish shakli, hamda fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida bevosita va o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqini anglatuvchi qonuniy jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qatnashish har bir fuqaroning huquqi va burchidir”
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bơyicha dekan muovinlari so'zga chiqib bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalar qatori saylov tizimida ham bir qator islohotlar olib borilayotganini hamda ushbu islohotlar o'zining ijobiy natijasini berib bugungi kunda tizimda sezilarli o'zgarishlar yuz berganini alohida ta'kidlab o'tdilar. Dekan o'rinbosarlari, 12 nafar professor - o'qituvchilari va 360 nafar talabalar qatnashishdilar. Shuningdek, talabalarga saylovning o'ziga hos hususiyatlari haqida tushunchalar berildi va saylov zasidan berilgan barcha savollariga javoblar olindi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 noyabrdagi "Har yilgi “Ipak yo’lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 904-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 13-15 noyabr kunlari “Ipak yo’lida turizm” nomli XXV-Toshkent xalqaro turizm ko'rgazmasini o’tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur ko’rgazma, turizm salohiyatini rivojlantirish, xalqaro aloqalarni mustahkamlash, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o’rnatish va professional tajriba almashishga ko’maklashuvchi tadbir hisoblanadi. Bugungi kunda, ko’rgazma Markaziy Osiyo va xalqaro miqiyosidagi yirik tadbirga aylandi.
Ko’rgazmada turizmning barcha yo’nalishlari bo’yicha 300 ga yaqin mahalliy va xorijiy turoperatorlar va uyushmalar ishtirok etishi hamda xorijiy ekspertlarning tematik sessiyalardagi prezentasiya chiqishlari rejalashtirilgan.

Joriy yilning 5-dekabrida Filologiya fakulteti tomonidan 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag'ishlangan "Yoshlarning huquqiy ongini oshirish" masalalari bo'yicha huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev bilan davra suhbati bo'lib o'tdi. Suhbat davomida talabalar o'zlarini qiziqtirgan turli savollarini berishdi. Davra suhbati interaktiv tarzda o'tkazildi.