Yoshlar

Talabalik – oltin davr. Bu davrda o‘zaro tengdoshlari bilan raqobatda bilim olish, ilm cho‘qqilarini zabi etish, yangi do‘stlar orttirish, dunyoqarashni kengaytirib borish kelgusida yoshlarning o‘z sohasida yetuk mutaxassis bo‘lishiga asos bo‘ladi. Talabalar o‘rtasidagi turli musobaqalar, shu jumladan, olimpiadalar ham, ana shunday muhim tadbirlardan sanaladi.
Joriy yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta bilimlar musobaqasiga mezbonlik qilmoqda. 2019 yilning 13 – 14 may kunlari Ingliz tili umumkasbiy fanidan, 15-16 mayda nemis tili umumkasbiy fanidan talabalar Respublika fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu sababli 12 may ertalab soat 8.00dan universitetda olimpiada ishtirokchilarini kutib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari boshlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, respublikamizning barcha viloyatlari va Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan olimpiadada ishtirok etish uchun yuborilgan talaba va ilmiy rahbarlar tashrif buyurishni boshlashdi. Universitetda ularning yashashlari uchun yetarli shart-sharoitlar hozirlangan.
INGLIZ TILI DASTURI | INGLIZ TILI MEZONI
NEMIS TILI DASTURI | NEMIS TILI MEZONI
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 13 may kuni O'zDJTUda Xalqaro oila kuni munosobati bilan “Oila mustahkamligi-jamiyat taraqqiyotinning asosidir” mavzusida yosh oilalar, balog’at yoshidagi talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy anjuman o'tkazildi. Ushbu anjumanni Respublika xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy foaliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda O'zbekiston jahon tillari universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.
Oila jamiyatning mustahkam poydevori bo’lib uning mustahkamligi, faravonligi, tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining asosidir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur". Darhaqiqat, ushbu anjuman ham muhtaram prezidentimizning yuqorida aytgan purma’no fikrlariga javoban ilmiy, nazariy va metodik ruhda o’tdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy amjumamni O’zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Bokiyeva Gulandom Hisamovna kirish so’zi bilan ochib berdilar, unda taniqli davlat va jamoat arboblari, oilashunos olimlar, amaliyotchi psixologlar jumladan, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy" jamg’armasi boshqaruv raisi Sh.I. Jalilov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, pedagogika fanlari doktori, professor O.R.Jamoldinova, O’zDJTU kafedra mudiri, professor, Respublika xotin-qizlar kumitasi “Ilm-fan va ayol” uyushmasi a’zosi A.Musurmanova, Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi eksperti G'. Mardonova va O’zDJTU xotin-qizlar qo’mitasi raisi S.Mannopova, dotsent S.Yuldoshevalar mamalakatimizda oilani mustahkamlashning huquqiy asoslari, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oila institutlarini mustahkamlash, oilada bola farovonligini ta’minlash, turli xalqlar oilalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, yosh oilalarini qo’llab-quvvatlash, oilada milliy qadriyatlar rivoji va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri, oilada turli zararli illatlarga qarshi immunitetni xosil qilish, oilada psixologik sog’lom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi hamkorligi va boshqa masalalar haqida qiziqarli ma’lumotlarni bayon etdilar.
Shuningdek, anjumanda psixologlar J.Pulatov va Z.Xayrullayevalar tomonidan “Oilada nizoli holatlarning oldini olish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi hamda O’zDJTU Yoshlar ittiifoqi faollari ishtirokida oilaviy munosabatlar mavzulari asosida tayyorlangan sahna ko’rinishlari, konsert dasturlari namoyish etildi.
O'zDJTU Matbuot xizmati

Joriy yilning 20 may kuni bir guruh universitetimiz talabalari birgalikda 199-imkoniyati cheklangan bolalar maktabiga tashrif buyurishdi.
"Maqsadimiz bolalarga ozgina bo’lsada mehr ulashish edi. Buning uchun biz talabalar yetarlicha mablagʻ to’pladik va ular uchun bayram sahnalari, raqslar, qiziqarli o’yinlar sahnalashtirdik. Biz maktabga kirib borarkanmiz, u yerdagi bolalarning ko’zlari bizni ko’rib quvonchdan porlab ketdi. Haqiqatda bu ko’zi charos bolalarda nogironlik belgilari yaqqol ko’zga tashlanib turardi. Lekin, ularning atrofimozda "opajon", "akajon" deb girdikapalak boʻlishlari, bizning ham yuragimizni sel qilib yubordi. Albatta biz ular uchun eng tansiq taomlardan osh tayorladik, taomimiz tayor bo’lguncha, biz ularga o’z chiqishlarimizni namoyish etdik. Ular uchun tayorlangan shartlarimizga bolajonlarimiz ham juda faol qatnashishdi. Shubhasiz ularda san’atga bo’lgan qiziqish, ya’ni iste’dod yaqqol ko’zga ko’rinib turardi. Shartlarda qatnashgan bolajonlarga biz o’z sovg’alarimizni ulashdik. Bayram oxirida biz ular uchun bir qancha kitoblar sovg’a qildik, hammamiz mazza qilib raqsga tushdik, esdalik uchun rasmlar oldik va birgalikda mazali oshni tanovul qildik va yana maktab hovlisida ular bilan ajoyib ashulalarni hirgoyi qildik, o’yinlar o’ynadik. Shunday qilib bayram zo’r bo’ldi, ular ham bizlar ham xursand bo’ldik. Biz bulardan zavqlangan holda, yana shunday xayrli ishlarni qilishda davom etishni niyat qildik".
"Aslida biz ularning ko’nglini ko’tarish, mehr ulashishni maqsad qilib olgandik, lekin ulardagi ko’tarinki ruhiyat, yuzlaridagi iliq tabassumni ko’rib hayron qoldik. Ular barcha sog’lom odam his etaolmaydigan qalb pokligi va hayotdan minnatdorlik tuyg’usini his qilib yashayotgani, biz talabalarni ulardan o’rnak olishga undadi. Aksincha biz ulardan pozitiv energiya oldik desam mubolag’a bo’lmaydi. Bularning barchasi uchun, ya’ni biz erkatoy talabalarni shu yo’lda birlashtirib, bizga shunday ajoyib g’oya bergan va shu savobli ishni amalga oshirishimizga turtki bo’lgan, mehribon va qattiqqo’l ustozimiz Maqsudova Nilufar opaga o’z minatdorchiligimizni bildiramiz!"
Xorijiy til va adabiyoti 1 - fakulteti talabasi
Isanova Gulmira

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, rus tili filologiyasi fakulteti, zamonaviy rus tili kafedrasi hamkorligida "Mening maktabim - mening uyim" shiori ostida joriy yilning 25 may kuni Toshkent shahar 160-sonli o'rta maktab bitiruv kechasi bo'lib o'tdi.
Toshkent shahar 160-sonli o'rta maktabning bitiruv kechasi 3 nafar o'quvchining O'zbekiston Respublikasi Madhiyasi ostida bayroq ko'tarib chiqishlari bilan ochib berildi.
Madhiya so'ngida maktab direktori I.M.Kazakova so'zga chiqib, maktabning turli sohalaridagi erishilgan yutuqlari jumladan: san'at, sport, kompyuter texnologiyalari haqida nutq so'zlab Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatov tomonidan aytilgan so'zlarni keltirib o'tdilar.
"Bugun hayotingizdagi eng quvonchli kun, Siz bilan birga, bir partada o'tirgan 11 yil davomida o'qigan har bir sinfdoshingiz oila a'zoingiz kabi bo'lib qoldi va ular o'zlarining shaxsiy hayot yo'llarini qurishni boshlashadi. Balkim orangizdagi ba'zilar o'qishini oliy ta'lim muassasalarida davom ettirishar ba'zilar esa ishga joylashgan holda o'z oila a'zolariga yordam berishar. Qayerda bo'lishingizdan qat'iy nazar men umid qilamanki maktabda olgan bilimlaringiz sizga yordam beradi va siz hayot yo'lingiz davomida shu bilimlarni mustahkamlab borasiz. Ishonamanki, kelajakda siz yurtimiz rivojiga hissa qo'shasiz. Barchangizga sihat-salomatlik, o'qish va ishlaringizda omand tilayman."
Tabrik nutqidan so'ng, maktab faoliyatidagi eng yaxshi o'quvchi yoshlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur taqdirlash marosimida 11 sinf o'quvchilari Asminova Viktoriya -maktabning ijodiy hayotida faol ishtiroki, Otaqulova Diyora - Respublika fan olimpiadasida 1-o'rinni egallaganligi, Alisherova Nigina - Respublika o'zbek tili olimpiadasida 1-o'rinni egallaganliklari uchun taqdirlandilar. Shuningdek yaxshi o'qishlari hamda "Bilim" festivalidagi faol ishtiroki uchun 5 sinf o'quvchisi Iskandarova Maldina Toshkent shaxar xalq ta'limi bo'limi tomonidan sertifikat hamda fazogirlik sharaf belgisi bilan taqdirlandi.
Shu bilan birgalikda Xalq ta'limi bo'limi tomonidan faxriy sertifikatlar bilan:
Kazakova E.R - yilning eng yaxshi kutubxonachisi,
Sultonova I.A - yilning eng yaxshi o'qituvchisi,
Albarchenova M.S - ixtisoslashtirilgan 160-sonli o'rta maktabning rivojiga qo'shgan hissasi uchun taqdirlandilar.
Tadbir so'ngida O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, zamonaviy rus tili kafedrasi mudiri Saparova K.O universitet professor-o'qituvchilari nomidan, bitiruvchilarni kelajakdagi ijodiy yo'llariga muvaffaqiyat tilagan holda Anastasiya ijrosidagi "Maktab valsi" musiqasi sadolari ostida bitiruvchilarga oq yo'l tilandi.
O'zDJTU Matbuot xizmati