Yoshlar

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 11-16- noyabr kunlari o’tkazilayotgan “Students’ week” nomli Yoshlar haftaligi haqida ma’lumot.
Talabalar haftaligi 5 kun davomida bo’lib o’tadi va har bir kun ma’lum bir yo’nalishga qaratilgan bo’ladi.
1-kun. Tarjimalar kuni“ fakultet binosida bo’lib o’taqdi va o’tkazilis uchun xonalar ajratiladi. Bu kunda talabalar bilimi 4 ta nominatsiya asosida aniqlanadi. Bular:
1. Eng mohir nazm tarjimoni
2. Eng mohir nasr tarjiomoni
3. Eng topqir tarjimon
4. Eng tezkor tarjimon
Barcha yo’nalishlar bo’yicha musobaqalar 13:30 da boshlanadi.
2-kun. “Sport kuni” Ushbu kunda fakultet binosi hamda universitet sport zalida jami 5 ta sport turi bo’yicha musobaqalar bo’lib o’tadi.
1. Shaxmat 13:30 (Fakultet binosida)
2. Shashka 13:30 (Fakultet binosida)
3. Stol tennis 14:40 (Sport zal)
4. Armvrestling 14:40 (Sport zal)
5. Talabalar morofoni 13:30 (Universitet binosi bo’ylab)
3-kun. “Intellektual o’yinlar kuni” Ushbu kunda talabalar tomonidan tuzilgan jamoalar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini bo’lib o’tadi. Talabalardan 6 kishidan iborat bo’lgan jamoa tuzishi va unga nom tanlashi talab etiladi. Zakovat musobaqaasi 3 ta raundda bo’lib o’tadi. Musobaqada jami 23 ta savol o’ynaladi. 1-va 2- raunddagi har bitta topilgan to’g’ri javob uchun 1 balldan beriladi. 3- shartda esa 3ta savol o’ynaladi va har bir to’g’ri javob uchun 3 balldan beriladi. G’olib jamoa ”Zakovat ko’chma kubogi” bilan tadirlanadi.
4-kun. “Adabiyot kuni” Ushbu kunda fkultetimizda “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovi bo’lib o’tadi. Bundan tashqari kitoblar ko’rgazmasi hamda “Men baxtli talabaman”; “Bizga qanday deputat kerak” mavzularidagi insholar tanlovi ham bolib o’tadi.
5-kun. “Yakuniy qism” bu kunda fakultetimizda katta bayram tadbiri tashkillashtiriladi va ushbu bayram tadbirida haftalik davomida o’zining faolligi bilan ajralib turgan hamda musobaqalarda g’olib bo’lgan talabalar fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlanadi. Talabalar tomonidan ajoyib tomosha va chiqishlar, turli viktorina va ko’ngilochar o’yinlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

16-noyabr xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahri Oliy ta'lim muassasalari qatnashishdi, bunda bizning O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti munosib qatnashib faxrli 3-o‘rinni egalladi

Tarjimonlik fakultetida ‘’Students' week’’ haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu haftalik besh kun davomida o‘tkazilgan bo‘lib, unda fakultet iqtidorli talabalari ishtirok etishdi.
Haftalikning yopilish marosimida faol qatnashgan va faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar taqdirlandilar. Tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Rashid Norqulov so‘zga chiqdi va g‘oliblarga diplom hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Shoirlik mahoratiga ega talabalar o‘zlarining go‘zal satrlari bilan bayram ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishdi. Haftalikning Sport kuni doirasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar oltin, kumush hamda bronza medallari bilan taqdirlandilar.

Bugun O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida 18-noyabr O'zbekiston Respublikasi bayrog'i qabul qilingan kunning 28 yilligi Yoshlar ittifoqi tomonidan munosib ravishda nishonlandi.Unda guruhlarda savol-javoblar olib borildi va qo'shimcha ma'lumotlar berib o'tildi.