Yoshlar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti tomonidan “Mediakommunikatsiya va PR: yangi texnologiyalar va zamonaviy yondashuvlar” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Konferensiya davomida sohada olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarga doir ma`ruzalar qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri tomonidan 2021-yil 3-mayda tasdiqlangan 208-sonli buyrugʻi asosida yoshlar oʻrtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish borasida targʻibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etgan, talabalarning dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning taʼsirchanligini oshirish, yoshlarning har tomonlama sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, oʻz iqtidorini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda mustaqil va erkin fikrga ega iteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida turli mavzularda iqtidorli talaba-yoshlar oʻrtasida maqolalar va insholar koʻrik-tanlovi tashkil etildi.
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar oʻrtasida fakultetlararo oʻtkazilgan tanlovning universitet bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
“Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?”, “Oʻzbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi gʻoliblari
Inglizi tili 2-fakulteti 2-bosqich talabasi Orifjonova Laylo Xasanjon qizi– 1-oʻrin;
Ingliz tili 2-fakulteti 3-bosqich talabasi Halimova Charosxon Sherali qizi– 2-oʻrin;
Ingliz tili 1-fakulteti 3-bosqich talabasi Kushbakova Maftuna Yusuf qizi– 2-oʻrin;
Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi Muhammad Olim Nuriyaxonim Ulugʻbek qizi– 3-oʻrin;
“Oʻzbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman” mavzusida oʻtkazilgan maqolalar tanlovi gʻoliblari:
Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi Gʻaybullayev Quvonchbek Abdumajid oʻgʻli– 1-oʻrin;
“Biz sevgan adib” videorolik tanlovida nizom talablariga muvofiq quyidagi talabalari gʻolib deb topilsin:
Ingliz tili 2-fakulteti talabasi Xamzayeva Vazira– 1-oʻrin;
Filologiya fakulteti talabasi Sodirjonova Shoxroʻza – 2-oʻrin;
Rus filologiya fakulteti talabasi Nurillayeva Aziza– 3-oʻrin;
“Jaholatga qarshi maʼrifat” mavzusida “Eng yaxshi plakat” nominatsiyasi oʻtkazilgan masofaviy plakatlar tanlovi gʻolibi:
Ingliz tili 2-fakulteti talabasi Xamraqulova Marjona– 1-oʻrin;
Ingliz tili 2-fakulteti talabasi Sultonova Ozoda– 2-oʻrin;
Filologiya fakulteti talabasi Aliqulova Nigora – 3-oʻrin;
“Men nechun sevaman Oʻzbekistonnni” mavzusida insholar tanlovida nizom talablariga muvofiq ijodiy ish mualliflari quyidagi talabalari gʻolib deb topilsin:
Ingliz tili 2-fakultet 3-bosqich talabasi Halimova Charosxon Sherali qizi– 1-oʻrin;
Xalqaro jurnalistika fakultet 1-bosqich talabasi Tolliboyeva Shahlo Asror qizi– 2-oʻrin;
Ingliz tili 1-fakultet 2-bosqich talabasi Zayniyeva Kamalova – 3-oʻrin;
“Milliy gʻoya targʻiboti” videoroliklar tanlovida nizom talablariga muvofiq ijodiy ish mualliflari quyidagi fakultet talabalari gʻolib deb topilsin:
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Egamnazarov Bobur- 1-oʻrin;
Ingliz tili 2-fakulteti talabasi Tulayeva Zilola – 2-oʻrin;
Filologiya fakulteti talabasi Allanazarov Azim – 3-oʻrin;
“Odam savdosi - davr muammosi” mavzusida oʻtkazilgan maqola va insholar tanlovi gʻolibi deb topilsin:
Ingliz tili 2-fakulteti 3-bosqich talabasi Halimova Charosxon Sherali qizi – 1-oʻrin;
Filologiya fakulteti 2-bosqich talabasi Komilboyeva Mohinur – 2-oʻrin;
Ingliz tili 2- fakulteti 2-bosqich talabasi Soliyeva Zohida Zokir qizi – 2-oʻrin;
Ingliz tili Quyi kurs fakulteti 1-bosqich talabasi Ismatova Feruza – 3-oʻrin;
“Eng yaxshi bloger” onlayn tanlovi nizom talablariga muvofiq ijodiy ish mualliflari quyidagi fakultet talabalari gʻolib deb topilsin:
Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi https://t.me/javokhirsblog telegram kanal muallifi Amonturdiyev Javohir Bozorovich - 1-oʻrin;
Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi REPORTYOR TV telegram va YouTube kanal muallifi Egamnazarov Bobur Jaloliddin oʻgʻli – 2-oʻrin;
Ingliz tili 1-fakulteti 2-bosqich talabasi TarjimonUZ YouTube kanal muallifi Omonov Javohir Akbarali oʻgʻli – 3-oʻrin.

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetining 2 nafar talabasi Nazim Bo'ronov (Nazim Navo), Bekzod To'yqulov (Hayot Umr) Qozog'iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan "Jahon iste'dodlari" uyushmasi tomonidan Qozog'istonda buyuk qozoq shoiri Abay tavalludining 175 yilligi munosabati bilan Abay hayoti va ijodiga bag'ishlangan tanlovda ishtirok etdi va Qozog‘iston Respublikasining “Abay” nomidagi medaliga sazavor bo'ldi.

Жорий йилнинг 10 июнь куни ЎзДЖТУ жамоаси Яшнобод туманидаги “Маърифат” МФЙ ҳудудида жойлашган 30-сонли мактаб биносида ушбу мактаб битирувчи ёшлари билан учрашувда иштирок этди. Учрашув давомида ёшларга бугунги кунда юртимизда олиб борилаётган ислоҳотлар, ёшларга яратилаётган имкониятлар ҳақида сўз борди.
Шунингдек, ёшларни таълимга жалб қилиш, унинг моҳияти ҳақида алоҳида тўхталиб ўтилиб, ҳозирги кунда университетда ёшларга бу борада яратилган ўқув курслари, маҳорат дарслари, қолаверса ёшларнинг бўш вақтини мазмунли ва унумли ўтишини таъминлашга хизмат қиладиган спорт, маданият, китобхонлик ва яна бошқа тўгараклар ҳақида маълумот берилди.
Шунингдек, учрашув давомида ўқувчи ёшларга факультетлар ҳақидаги маълумотлар жамланган буклетлар тарқатилди.
Учрашувда иштирок этган ёшлар бунга жавобан ўз миннатдорликларини билдириб ўтишди.