Yoshlar

Qabul 2021-2022 Ko'zi ojiz abituriyentlar uchun fanlar dasturi va baholash mezoni.
O'zbek tili va adabiyoti: https://drive.google.com/file/d/19pUc4PHJKW4H5_jIITPQqp2EmbARxsvS/view?usp=sharing
Rus tili va adabiyoti: https://drive.google.com/file/d/1_tJAwr4lU6c81WxInqZ6WE6HF4jUJ5_k/view?usp=sharing
Matematika: https://drive.google.com/file/d/1AgXPvgQKpJD5GPEGnInLasZ1kQ7rBvUE/view?usp=sharing
Chet tili: https://drive.google.com/file/d/1Qe2JJHBkGwK0AP7izE4v6woM8fLu8KkK/view?usp=sharing
Fizika: https://drive.google.com/file/d/1Cdj3u6o96dXTNmKEphvNROMQXiT3rZ6x/view?usp=sharing
Tarix: https://drive.google.com/file/d/1YnDe8WZKN6k-9cnJ0bS1j_kUGCV57Tp7/view?usp=sharing
Kimyo: https://drive.google.com/file/d/1kfiD2xkL4oVgLTayQe1BAUArC7xShhJG/view?usp=sharing
Geografiya: https://drive.google.com/file/d/1zYPC2Irremk9tzsVOsXmkRhSQN4W2zqf/view?usp=sharing
Biologiya: https://drive.google.com/file/d/1M4eRzKPUNubQIyr-AwvW0FV-_RbVbexW/view?usp=sharing

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 avgustdagi “Yoshlarni ilm- fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorida belgilangan vazifalarga ko'ra yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo'llab- quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va O'zbekiston Respublikasi iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash “Ulug'bek” jamg'armasi hamkorligida turli sohada faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorant va tadqiqotchilar o'rtasida “Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari” nomli yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o'tkazildi va tanlov g'oliblarining maqolalari jamlangan 3-kitob nashrdan chiqarildi.
O‘zbekisdon davlat jahon tillari universiteti talabalari, doktorant va tadqiqotchilari ishtirokida “Yangi O'zbekistonning iste'dodli yoshlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo‘yicha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, kuni kecha 22-sonli Mehribonlik uyida universitet xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Maqsadni to'g'ri tanlash- muvaffaqiyat kaliti" mavzusida iqtidorli ijodkor talabalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir dasturi milliy va xorijiy tillardagi raqs, qo'shiqlar va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan sahna ko'rinishi, turli interaktiv o'yinlardan iborat bo'ldi

Yaxshilaruuuuuuu! Yuragi bo‘shlar o‘qimasin, dermidi
San'atsevar do'stlarimiz uchun ajoyib bayram. Nafaqat musiqa ixlosmandlarini, balki, kitobxonlarni ham unutmagan holda sizlarni 20-noyabr soat 11:00 da O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida bo'lib o'tadigan tadbirga taklif qilamiz.
Tadbirda sohir ovoz sohibi Shuhrat Daryoning betakror kuy-qo'shiqlari bilan birga, "Alanga ichidagi ayol" asari tarjimasining taqdimoti bo'lib o'tadi. Shuning bilan birga, "Factor_books" kitob do'konining yarmarkasi Sizni kutmoqda!
"Men asli odammas, yor edim" deya ko'pchiligimiz qalbimizdan joy egallagan shoir Shuhrat Orif hamda ajoyib tarjimon, betakror adiba, O'zDJTU sobiq talabasi Nodirabegim Ibrohimovalar tadbirimiz mehmonlari bo'ladi.
Tadbir O'zbekiston davlat jahon tillari universityeti media va komunikatsiya fakulteti bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda
Manzil: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zali