Yangiliklar

Бугун, 7 декабрь куни Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университетида Корея маданиятини, шунингдек, талаба-ёшлар ўртасида корейс тилини ўрганишни тарғиб қилиш мақсадида ташкил этилган “Корея бурчаги”нинг расмий очилиш маросими бўлиб ўтди.
Очилиш маросимида ЎзДЖТУ ректори Ғанишер Раҳимов ҳамда Корея Республикасининг Ўзбекистондаги Фавқулотда ва Мухтор элчиси Квон Ён-У жаноблари сўзга чиқи, ташкил этилган “Корея бурчаги” замонавий талабларга мос ҳолда жиҳозлангани, бу ерда талабаларнинг билим олишлари учун барча шарт-шароитлар яратилганилигини алоҳида таъкидлашди.
Шундан сўнг томонлар ўртасида “Корея бурчагини ташкил қилиш тўғрисида”ги Англашув Меморандуми имзоланди.
Расмий очилиш маросими мавзу доирасидаги маданий тадбирга уланиб кетди.
ЎзДЖТУ Матбуот хизмати

Joriy yil 7 dekabr kuni Ingliz tili birinchi fakultetida ingliz tilini oʻqitish metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi M.Alimardonova tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Konstutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti bilan hamkorlikda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotimizning huquqiy asosi” mavzusida ilmiy-amaliy seminar oʻtkazildi. Tadbirda ingliz tilini oʻqitish metodikasi 1-kafedrasi professor-oʻqituvchilari, toʻrtinchi bosqich talabalari, universitet maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi E.Boborajabov, pedagogika fanlari doktori, professor A.Musurmanova, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining “Harbiy orkestr va ansambl” jamoasi hamda harbiy xizmatchilar M.I.Maxsadov, Z.Sh.Alimardonov, shuningdek, 4-bosqich kursantlari U.A.Zamonbekov va Y.M.Xoʻjayevlar ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimizda erishilgan barcha yutuqlar, xususan, davlat hokimiyati va boshqaruvining samarali mexanizmlari joriy etilishi, fuqarolik jamiyati asoslarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson huquqlari va erkinliklarining taʼminlanishi, erkin bozor iqtisodiyoti yoʻliga oʻtilishi Bosh qomusimiz va u asosida qabul qilingan qonunlarning izchil amalga oshirilishi natijasida qoʻlga kiritilgani taʼkidlandi.
Oʻtgan yillarda mamlakatimiz taraqqiyot bosqichlariga hamohang tarzda Konstitutsiyamizga muayyan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, soʻnggi yillarda Bosh qomusimizga kiritilgan oʻzgartirishlar mamlakatimizni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlarni hamda yurtimizda demokratlashtirish va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini kuchaytirishga xizmat qilayotganligi taʼkidlandi.
Davra suhbatida Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini taʼminlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi haqida maʼlumot berildi hamda talabalar bilan ularning Konstitutsiyamiz boʻyicha bilimlarini tekshirish maqsadida viktorina oʻtkazildi. Viktorinada faol ishtirok etgan talabalarga maʼruzachilar tomonidan sohaga oid kitoblar sovgʻa qilindi.
Tadbirning badiiy qismida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining “Harbiy orkestr va ansambl” jamoasi tomoniday kuy qoʻshiqlar ijro etilib barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashildi. Davra suhbati yakuniy qismida universitet rahbariyati tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
Manba: www.faculty.uz
OʻzDJTU Matbuot xizmati

Тантанали кутиб олиш маросими
Бугун Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 26 йиллиги муносабати билан Инглиз тили иккинчи факультети Ёшлар иттифоқи БТ жамоаси талабаларга кўтаринки кайфият ва Ватанга бўлган мехр ва ифтихорларини янада юксалтириш учун тантанали кутиб олиш маросимини уюштирди.
ЎзДЖТУ Матбуот хизмати

"Ўзбекистон белгиси" соҳиби Фурқат Юсупов хотирасига бағишланган учрашув.
Бугун Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети Иккинчи инглиз тили факултетида "Ўзбекистон белгиси" соҳиби Фурқат Юсупов хотирасига бағишланган учрашув ўтказилди.
Тадбир Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети иккинчи инглиз факултети декани Оманов Пўлатжон Хабитович томонидан очиб берилди. Тадбир давомида Ўзбекистон ёшлар иттифоқи Қорақалпоғистон Республикаси Кенгаши матбуот котиби Фурқат Юсупов фаолияти ҳақида маълумот берилди. Тадбир давомида Фурқат Юсупов фаолияти ҳақида тайёрланган видеоролик намойиш этилди, шундан сўнг марҳумнинг онаси ва қариндошларига сўз берилди. Тадбир сўнгида Фурқат Юсуповнинг қариндошларига чуқур ҳамдардлик билдирилди.
ЎзДЖТУ Матбуот хизмати