Yoshlar bilan ishlash

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi talaba qizlar bilan “Xotin-qizlar ijtimoiy faolligini oshirish – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim omili” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni universitet xotin-qizlar kengashi raisi N.Jurayeva ochib berdi. Maʼrifat targʼibotchilari jamiyati aʼzosi, falsafa fanlari doktori, professor J.T.Shermuhamedova o‘z so‘zida O‘zbekistonda gender tenglik masalalari va ayrim sohalarda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish belgilanganligiga to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston xalq artisti G.Zokirova esa qizlarni mustaqil oilaga tayyorlash, oilaviy ajrimlarga sabab bo‘layotgan omillar haqida o‘z fikr va maslahatlarini berdi.

30-sentabr kuni 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilar uchun konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitet rektori Ulug’bek Azizov tabrik so‘zi bilan ochib berib, bir guruh ustoz va o‘qituvchi-murabbiylarga faxriy yorliqlar topshirdi.
Shundan so‘ng, badiiy chiqishlarga navbat berilib, o‘qituvchi-murabbiylarni qutlash uchun bir qator ustoz san’atkorlar tashrif buyurdi. Ular tomonidan tayyorlangan turli kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijrosi, ustozlarga bagishlov sherlar namoyish etildi.

Азиз устозлар ва қадрли ҳамкасблар!
Барчангизни, университетда хизмат қилган ва хизмат қилиб келаётган профессор-ўқитувчиларни бугунги қутлуғ сана – Ўқитувчи ва мураббийлар куни билан чин қалбимдан табриклайман.
Халқимизда “Устоз отангдек улуғ”, деган нақл бор. Кимки бу ҳаётда бирор ютуққа эришса, касбидан эъзоз топса, устозларига бўлган ҳурмат унинг қалбида абадий муҳрланади. Шунинг учун ҳам Сизлардан таълим ва тарбия олган, ўзини олдингизда умрбод қарздор, деб ҳис этадиган барча инсонлар номидан Сизларга ҳар қанча миннатдорчилик билдирсак шунча оз.
Яна бир бор байрамингиз муборак бўлсин, азиз устозлар!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tyutor” lavozimiga tanlov e’lon qiladi!
Xabaringiz bor 2021 yil 1 sentyabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda o‘rniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.
Nomzodlar 25-45 yosh oralig'ida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak. Talabgorlar O‘zDJTUning fakultet dekanatlariga hamda universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat etishlari mumkin!