Tadbirlar

Joriy yilning 7-may kuni Xitoy Xalq Respublikasining “China Campus Network” nodavlat ta’lim agentligi asoschisi Chjou Yang boshchiligidagi delegatsiya O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida mehmonlar O’zDJTUda tashkil qilingan Vebster universiteti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, agentlik mutaxassislari O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o’qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy – amaliy markazi direktori Ulug’bek Azizov bilan uchrashib, markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar haqida suhbatlashdilar.
Tashrifdan ko’zlangan maqsad ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda hamkorlikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo’lib, tomonlar suhbat davomida mazkur masalada muhokamalar olib bordilar.
Manba: www.fledu.uz

Joriy yilning 8-may kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga xorijlik mehmonlar tashrif buyurdi. Mehmonlar Ispaniyaning Kastilya La Mancha universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Fatima Guadanilla, mazkur universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Jordi Ximeno hamda Aleks-Yasin Ekoloji kompaniyasi asoschisi Alexandro Pastrana O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdi. Tashrif chog’ida tomonlar quyidagi masalalarni muhokama qildilar:
- O‘zDJTUda Ispan tili markazini ochish masalasi;
- Kastilya la Mancha universiteti bilan o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, qo‘shma ta’lim yoki qo‘shma diplom dasturlarini joriy etish masalasi;
- Aleks-Yasin Ekoloji kompaniyasi bilan turli loyihalarni amalga oshirish.
Muhokama yakunlariga ko’ra, O’zDJTUda ispan tili markazini ochish bo’yicha shartnoma imzolandi.
Manba: www.fledu.uz

Joriy yilning 13 may kuni O'zDJTUda Xalqaro oila kuni munosobati bilan “Oila mustahkamligi-jamiyat taraqqiyotinning asosidir” mavzusida yosh oilalar, balog’at yoshidagi talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy anjuman o'tkazildi. Ushbu anjumanni Respublika xotin-qizlar qo’mitasi, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy foaliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg’armasi, Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda O'zbekiston jahon tillari universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.
Oila jamiyatning mustahkam poydevori bo’lib uning mustahkamligi, faravonligi, tinch-totuvligi jamiyat taraqqiyotining asosidir. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “biz uchun muqaddas bo’lgan oila asoslarini yanada mustaxkamlash, xonadonlarda tinchlik xotirjamlik. ahillik va o’zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy - ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to’ldirishdan iborat bo’lmog’i zarur". Darhaqiqat, ushbu anjuman ham muhtaram prezidentimizning yuqorida aytgan purma’no fikrlariga javoban ilmiy, nazariy va metodik ruhda o’tdi.
Ushbu ma’naviy-ma’rifiy amjumamni O’zDJTU ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Bokiyeva Gulandom Hisamovna kirish so’zi bilan ochib berdilar, unda taniqli davlat va jamoat arboblari, oilashunos olimlar, amaliyotchi psixologlar jumladan, O’zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo’llab-quvvatlash “Nuroniy" jamg’armasi boshqaruv raisi Sh.I. Jalilov, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati, pedagogika fanlari doktori, professor O.R.Jamoldinova, O’zDJTU kafedra mudiri, professor, Respublika xotin-qizlar kumitasi “Ilm-fan va ayol” uyushmasi a’zosi A.Musurmanova, Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi eksperti G'. Mardonova va O’zDJTU xotin-qizlar qo’mitasi raisi S.Mannopova, dotsent S.Yuldoshevalar mamalakatimizda oilani mustahkamlashning huquqiy asoslari, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, oila institutlarini mustahkamlash, oilada bola farovonligini ta’minlash, turli xalqlar oilalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari, yosh oilalarini qo’llab-quvvatlash, oilada milliy qadriyatlar rivoji va ularning yoshlar tarbiyasiga ta’siri, oilada turli zararli illatlarga qarshi immunitetni xosil qilish, oilada psixologik sog’lom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasida oila va ta’lim muassasasi hamkorligi va boshqa masalalar haqida qiziqarli ma’lumotlarni bayon etdilar.
Shuningdek, anjumanda psixologlar J.Pulatov va Z.Xayrullayevalar tomonidan “Oilada nizoli holatlarning oldini olish” mavzusida psixologik trening tashkil etildi hamda O’zDJTU Yoshlar ittiifoqi faollari ishtirokida oilaviy munosabatlar mavzulari asosida tayyorlangan sahna ko’rinishlari, konsert dasturlari namoyish etildi.
O'zDJTU Matbuot xizmati

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorij til va adabiyoti 3-fakulteti talabasi Aziza Zokirova "Mening Yurtim" telekanali orqali namoyish etilayotgan "Reportyor" reality shousida respublika bo'yicha 1054 nafar jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar ichidan ustun kelib, faxrli 1- o'rin sohibasiga aylandi.
O'zDJTU Matbuot xizmati