Tadbirlar

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Tyutor” lavozimiga tanlov e’lon qiladi!
Xabaringiz bor 2021 yil 1 sentyabrdan talabalar bilan ishlash bo‘yicha “guruh murabbiyi” instituti bekor qilindi hamda o‘rniga 1–3-kurs talabalari uchun muammolarni bartaraf etishda yaqindan yordam ko‘rsatuvchi tyutorlarni biriktirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Har 120–150 nafar talabaga 1 ta shtat birligi hisobida “Tyutor” lavozimi kiritiladi.
Nomzodlar 25-45 yosh oralig'ida bakalavr darajasiga ega bo‘lishi kerak. Talabgorlar O‘zDJTUning fakultet dekanatlariga hamda universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojaat etishlari mumkin!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo‘yicha O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bir qator ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, kuni kecha 22-sonli Mehribonlik uyida universitet xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan "Maqsadni to'g'ri tanlash- muvaffaqiyat kaliti" mavzusida iqtidorli ijodkor talabalar ishtirokida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir dasturi milliy va xorijiy tillardagi raqs, qo'shiqlar va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan sahna ko'rinishi, turli interaktiv o'yinlardan iborat bo'ldi

Bugun O‘zbek tiliga Davlat maqomi berilganiga 32 yil to‘ldi. Ushbu kun bayram sifatida yurtimizda keng nishonlab kelinmoqda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ham “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni universitet rektori Ulug’bek Azizov tabrik so‘zi bilan ochib berdi. So‘zga chiqqanlardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod hamda taniqli sport jurnalisti, fudbol sharhlovchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Mirzahakim To‘xtamirzayev chiqishlari davraga ko‘tarinku ruh bag’shladi. Bayram tadbirida universitet professor-o‘qituvchilar, talabalar tomonidan tayyorlangan sahna chiqishlari, raqslar va she’rlar namoyish etildi.

29-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida mutaxassislar ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish” boʻyicha davra suhbati tashkil etildi. Ushbu tadbirda Uchtepa tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boʻlimi xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorlar podpolkovnik R.A.Mirzayeva, mayor Sh.A.Abdukarimova, katta leytenant R.F.Mursalimovalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida mutaxassislar talaba qizlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 4-yanvardagi 3-sonli “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun mohiyati haqida batafsil maʼlumot berib oʻtishdi. Shuningdek, tazyiq va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarga yordam koʻrsatish, himoya orderi berish tartibi tushuntirib oʻtildi.
Ushbu tadbir ishtirokchilarning xotin-qizlarga nisbatan ko’rsatiladigan tazyiq va zo’ravonlikning har qanday shakl va turlaridan himoyalanish bo’yicha huquqiy savodxonliklarini oshirishga, yoshlarni oilada va jamiyatda sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish uchun tayyorlashga xizmat qilishi shubhasiz.