E'lonlar

Hurmatli talabalar! Oliy ta'lim muassasalarida olib borilayotgan masofaviy ta'lim olish sifati yuzasidan o'z fikringizni bildiring.
Sizning fikringiz biz uchun juda ham muhim!
So‘rovnomada ism-sharifingiz so‘ralmaydi. Sizning fikringiz faqat umumlashtirilgan holda ko‘rib chiqiladi va barcha ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi. Ushbu so‘rovnoma ta’lim jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanishda yuzaga keladigan muammo va kamchiliklarni kelgusida yechimini topishga, masofaviy o‘qitish jarayonida sizning sifatli bilim olishingizni ta’minlashga, pedagoglarning mahoratini oshirishga, ta’lim muassasasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning yanada takomillashishiga yordam beradi.
Sizning to‘g‘ri va samimiy javoblaringiz uchun minnatdorchilik bildiramiz!
https://docs.google.com/forms/d/116wKoM6L3sKRlabvOAJsx5P_LcxSyDrCX-MOcOkr0_I/edit

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti, “O`zbekistonda xorijiy tillar” nomli elektron ilmiy-metodik jurnal va Internet portali, O`zbekistondagi Turkiya Elchixonasi, O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, Anqara Hoji Vali universiteti, N.A. Dobrolyubov nomidagi Nijniy Novgorod lingvistika universiteti bilan hamkorlikda 2020-yilning 15-iyun kuni “Madaniyatlararo muloqot va turizm” mavzusida o`tkaziladigan хalqaro masofaviy-onlayn ilmiy-amaliy konferensiyaga taklif etadi.
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADAN KO'ZLANGAN MAQSAD VA VAZIFALAR:
- Madaniyatlararo muloqot va turizm sohasidagi jarayonlardanilmiy jamoatchilikni xabardor qilish;
- Turizm (adabiy turizm, ekoturizm, ziyorat turizmi)ning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish;
- Madaniyatlararo muloqot yo`nalishining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqalarini o‘rganish va rivojlantirish;
- Markaziy Osiyodagi madaniy yuksalishning yorqin namunasi sifatida turizm taraqqiyoti, bugungi holati, rivojlanishi va muammolarini o‘rganish (“Ipak yo`li ta’mi” va “Sharq bozori”);
- Turizmda kadrlar tayyorlash tizimini zamonaviylashtirish masalalarini muhokama qilish;
- “TopGear”, “Вокруг Света”, “NationalGeographic”kabi mashhur platformalar bilan hamkorlikdaishlash va O`zbekiston haqida dolzarb dasturlar tayyorlash muhokamasi;
- Xorijiy tillarni o`qitishda madaniyatlaro muloqot va turizmning ahamiyatini tadqiq qilish;
- Madaniyatlararo muloqot va turizm masalalarini dunyoning yetakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda onlayn vebinarda tahlil qilishdan iborat.
KONFERENSIYA YO`NALISHLARI:
1. Turizm va ta'lim: o'zaro ta'sir va rivojlantirish istiqbollari.
2. Ziyorat turizmi boshqarishning xalqaro tajribasi: an’analar va innovatsiyalar.
3. Globallashuv sharoitida xalqaro turizm tizimidagi madaniyatlararo aloqalar.
4. Bilingvizm va madaniyatlararo muloqot.
5. Diskursologiya va korpus lingvistikasi.
6. Tarjimashunoslik va madaniyatlararo muloqot.
7. Innovatsion faoliyat va turizm.
KONFERENSIYA ISHCHI TILLARI: o'zbek, ingliz, rus, fors, turk, fransuz, nemis va ispan tillari.
Konferensiya 2020 yilning 15 iyunidan 20 iyuniga qadar “O'zbekistonda xorijiy tillar” (www.fledu.uz ) portalida o`tkaziladi.
KONFERENSIYANI O'TKAZISH TARTIBI:
· Konferensiyaning ochilish kuni – soat 11.00, 15 iyun, 2020 yil
· Video ma'ruzalar taqdimoti va muhokamasi – 15-10 iyun, 2020 yil.
· 20 iyun kuni konferensiya ishi yakunlanadi. Konferensiya ishtirokchilari va maqola/videoma'ruzalar muhokamasida faol ishtirok etgan internet foydalanuvchilariga maxsus onlayn sertifikatlar yuboriladi.
· Onlayn konferensiya ZOOM dasturida conference.fledu.uz platformasida o`tkaziladi. Konferensiyaga yaqin ishtirokchilarga onlayn konferensiyaga ulanish havolasi yuboriladi.
· Konferensiyaning yalpi yig'ilishi 2 kun davomida dasturda belgilangan vaqtda tashkil etiladi.
· Yo'nalishlar bo’yicha kelib tushgan maqolalar matn va video ko'rinishda platformaga joylashtiriladi.
Konferensiya materiallarining (matn, audiovizual shakldagi) elektron bazasi yaratiladi. Shuningdek, izohlar, savol-javoblar, fikr-mulohazalar har bir maqola ostidagi maxsus bandda davom etadi (namuna: https://fledu.uz/conference/online-scientific-practical-conference-the-role-of-mother-language-in-teaching-foreign-languages-problems-solutions-and-future-plans/).
KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH SHAKLI: yalpi/ yo'nalishlar bo'yicha video ma’ruzalar; muhokamalarda ishtirok.
KONFERENSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI
Ishtirokchilar konferensiyaga yuborayotgan maqolalarini matn ko`rinishdagi shakli va unda ko`tarilgan mavzu haqida 5-7 minutlik videoda gapirib berishlari lozim. Video ishtirokchining imkoniyatiga ko`ra professional kamera yoki mobil telefon kamerasida tasvirga olinishi mumkin.
Maqola va video ma’ruza 2020 yilning 1 iyunigaqadar tashkiliy qo`mitaning elektron manziliga (onlineconference2020@navoiy-uni.uz)talabnomada ishtirokchining anjumanga taqdim etayotgan ma'ruza nomi, ma'ruza matni va ishtirok etish shakli hamda sho’basi aniq ko`rsatilgan holda yuborilishi lozim. Yuboriladigan materiallar tartibi:
1.Talabnoma. Undamuallifning familiyasi, ism-sharifi; ish joyi va lavozimi; maqola nomi va tegishli sho’basi; elektron pochta manzili aks etishi kerak.
2. 9x14 hajmdagi rasm .jpg formatida: familiya, ismi-sharifingiz.jpg
3.Maqola (1-ilova) - maqolani o'z ichiga olgan hujjat quyidagicha saqlanadi: familiyasi, ismi, otasining ismi (maqola).doc. Maqola hajmi kamida 5-10 sahifa bo’lish lozim, A4 shaklda.
4.Video ma’ruza (5-7 daqiqa davom etadi) –maqolaning asosiy mazmuni aks etishi lozim; Familiya, ismi-sharif. (video reportaj) .mp4
Elektron pochta xabarining mavzusida: “Konferensiya” deb yozilishi kerak.
Konferensiya qatnashchisi ikkita sertifikat olishi mumkin: maqola hamda video ma’ruzasiuchun va masofaviy konferentsiya materiallari muhokamasida faol ishtirok etganlik uchun.
Konferensiya maqolalarining elektron to’plami 2020 yil iyunoyiga mo'ljallangan.
Tashkiliy qo'mitaning manzili: Toshkent shahri, Yusuf Xos Hojib ko`chasi, 103;
Murojaat uchun telefonlar: (+998) 97-403-00-19; (+998) 94-620-11-20
ILOVA № 1
Maqola matni dizayniga qo'yiladigan texnik talablar:
Muharrir: Microsoft Word. "Times New Roman" shrifti, o'lcham – 14. Sahifa o'lchami – A4, varaqning yo'nalishi – "knijnaya". Sahifaning tomonlari: yuqoridan – 2 sm.; quyidan– 2 sm.; Chapdan– 3 sm.; O'ngdan – 2 sm, paragrafning yozilishi: Chapdan – 0; O'ng – 0; Birinchi qator 1,25 sm. Paragraf oralig'i: oldin – 0; Keyin - 0; Chiziqlar oralig'i – 1.15.
Maqolaning birinchi xatboshisi: o'rtada, katta harflar bilan, qalin qilib - maqolaning to'liq nomi. Maqolaning ikkinchi xatboshisi: o'ngda – Ism muallif (hammualliflar). Maqolaning uchinchi xatboshisi: o'ng tomonda – muassasaning to'liq nomi. To'rtinchi xatboshi: o'ngda – muallifning elektron pochta manzili. Beshinchi xatboshi: kengligi – o'zbek, ingliz va rus tillarida qisqacha referat (4-6 satr). Oltinchi xatboshi: kengligida – o'zbek, ingliz va rus tillarida kalit so'zlar (3-5). Sahifalarni raqamlash o'rnatilmagan. Matn ichiga havolalar kvadrat qavs ichida quyidagiga muvofiq berilgan: [1, 21].
Maqolalar joylashtirilgan sahifalar / sahifalarning to'liq sonini ko'rsatadigan manbalarning to'liq ro'yxati maqola oxirida alifbo tartibida "Foydalanilgan adabiyotlar" sarlavhasida keltirilgan. Birinchidan, o'zbek va rus tillaridagi manbalar, keyin esa – xorijiy tillardagi manbalar ko'rsatiladi. Elektron manbalar asosiy adabiyotdan keyin beriladi (alifbo tartibida ham). Maqola hajmi kamida 5-10 sahifa bo’lish lozim, A4 shaklda.
MAQOLA NAMUNASI
ГЛОБАЛЛАШУВ ШАРОИТИДА ХАЛҚАРО ТУРИЗМ ТИЗИМИДА КЎП
МАДАНИЯТЛИ МАКОН
Sotiboldieva Sarvinoz Ruzievna
Filologiya fanlari doktori, dotsent
A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat
o'zbek tili va adabiyotiuniversiteti
sarvinozsotiboldiyeva@navoiy-uni.uz
Maqola turizmni globallashuv davrida madaniyatlararo muloqotning alohida sohasi sifatida, ushbu tilda mustahkamlangan turizm konseptlarning ba'zi qoidalarini hisobga olgan holda tadqiq qilishga bag'ishlangan va bu o’z navbatida ko'p madaniyatli turizm makonini taqdim etadi.
Kalit so'zlar: madaniyatlararo muloqot, turizm, makon, tushuncha, madaniyat.
Matn .. ………………………………………….
FOYDALANILGAN ADABIYOT
1. Мошняга Е.В. Межкультурная коммуникация и диалог культур в сфере международного туризма– М.,2001. – С. 17–23.
2. A Common European Framework of Reference for Languages: Learning, Teaching, Assessment // Общеевропейскиекомпетенциивладенияиностраннымязыком: Изучение, обучение, оценка. – РусскийпереводМосковскогогосударственноголингвистическогоуниверситета, 2003. – С. 5–13.

Таджибаева Дилбар Ахмедовнанинг 13.00.02 – Таълим ва тарбия назарияси ва методикаси (немис тили) ихтисослиги бўйича “Формирование иноязычной коммуникативной компетенции у детей младшего школьного возраста (на примере немецкого языка)” мавзусидаги педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация ҳимояси Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01 рақамли Илмий кенгашнинг 2020 йил 28 май куни соат 13:00 даги мажлисида бўлиб ўтади.
- 100138, Тошкент шаҳри, Учтепа тумани, Кичик ҳалқа йўли кўчаси, 21А уй. Тел.: 998 712301291, факс: 998 712301292. E-mail: uzswlu_info@mail.ru

Илмий семинар
ЭЪЛОН
Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети ҳузуридаги илмий даражалар берувчи DSс.03/30.12.2019. Fil/Ped.27.01 рақамли Илмий кенгаш қошидаги 10.00.04 – Европа, Америка ва Австралия халқлари тили ва адабиёти ва 10.00.06 – Қиёсий адабиётшунослик, чоғиштирма тилшунослик ва таржимашунослик ихтисослиги бўйича
Илмий семинар
2020 йил 9 июнь куни соат 10:00 да онлайн ZOOM дастурида бўлиб ўтади.
КУН ТАРТИБИ:
И.У. Минниқуловнинг 10.00.06 – Қиёсий адабиётшунослик, чоғиштирма тилшунослик ва таржимашунослик ихтисослиги бўйича “Инглиз ва ўзбек тилларида шарт муносабатларини ифодаловчи тил бирликларининг прагматик аспекти (шарт гаплар мисолида)” мавзусидаги филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) илмий даражасини олиш учун тақдим этилган диссертациясининг муҳокамаси (Илмий раҳбар: ф.ф.д. доц., Қ.О.Сапарова)