• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O'zDJTU rahbaryati Arizona Universiteti (AQSh) ijrochi vitse-prezidenti Daniel Palm va Evropa va O’rta Osiyo markazining direktori bilan uchrashdilar

2021 yil 08 dekabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori U.Azizov va universitet xalqaro ishlar bo’yicha prorektori A.Abidjanov Arizona Universiteti (AQSh) ijrochi vitse-prezidenti Daniel Palm va Evropa va O’rta Osiyo markazining direktori bilan uchrashdilar. Uchrashuv davomida rektor U.Azizov O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti to’g'risida so’zladi va ikki universitet o’rtasida kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo’lgan rejalar haqida gapirdi. Ushbu rejalar orasida qo’shma ta’lim darsurini yaqin kelajakda yo’lga qo’yish alohida o’ringa ega. AQShning Arizona Universiteti Global Universities (US News & World Report) reytingi boʻyicha 2021 yilda 97 o’rinni egallagan. Universitetlar o’rtasidagi ushbu amaliy hamkorlik kelajakda respublikamizga dunyoning ilg’or o’qitish texnologiyalarini olib keladi, ta’lim sifatini yangi bosqichlarga olib chiqadi hamda O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini xalqaro e’tirof etilgan universitet reytinglariga kirishiga yordam bo’ladi.

09 Dekabr 2021
Chop etish
-->