• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

O‘quvchi va talabalarni baholash bo'yicha trening

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida maktab o‘quvchilari va talabalarni baholash bo‘yicha “Baholash asoslari” mavzuida trening tashkil etildi. Uni xalqaro mutaxassis doktor Bahia Diefenbach olib bordi. Treningda Toshkent shahridagi 20 dan ortiq umumta’lim maktablar hamda oliy o‘quv yurtlar ingliz tili o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Mashg‘ulotning birinchi kuni baholash nima ekanligi, o‘quv jarayonida baholashning o‘rni va ahamiyati, baholash shakllari va turlari haqida suhbatdan boshlandi.

Trening ishtirokchilari puxta ishlab chiqilgan test qanday mezonlarga ega bo‘lishi kerakligini muhokama qilishdi hamda bir qancha topshiriqlar bajarishdi.

08 Yanvar 2022
Chop etish
-->