• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

2022/2023-o‘quv yiliga bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun stipendiya tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2021-yil 29-noyabrdagi 18/44115-sonli xatiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi va Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalari doirasida Hindistonning “PCTE Group of Institutes” ta’lim muassasasi tomonidan 2022/2023-o‘quv yili uchun bakalavr va magistratura dasturlarida tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi ma’lumot ilovada yuborilmoqda. “PCTE Group of Institutes” Hindistonning Panjob shtatining Ludiana shahrida joylashgan. Berilgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu dastur muhandislik, jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar, biotexnologiya, turizm, moda va dizayn, tijorat va boshqa yo‘nalishlarga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur stipendiyalarga O‘zbekiston Respublikasidan ham 4 nafar nomzod ko‘rsatilishi mumkin.

Yuklab olish

Yuklab olish

10 Fevral 2022
Chop etish
-->