• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

FILOLOGIYA VА TILLАRNI O‘QITISH (FRАNTSUZ TILI) VА TАRJIMА NАZАRIYASI VА АMАLIYOTI (FRАNTSUZ TILI) TА’LIM YO‘NАLISHLАRI TАLАBАLАRI DIQQАTIGА

FILOLOGIYA VА TILLАRNI O‘QITISH (FRАNTSUZ TILI) VА TАRJIMА NАZАRIYASI VА АMАLIYOTI (FRАNTSUZ TILI) TА’LIM YO‘NАLISHLАRI TАLАBАLАRI DIQQАTIGА

Sizda Erasmus+ akademik almashinuv dasturi doirasida Serji Parij universitetida bir semestr davomida o‘qib kelish imkoniyati bor. O‘qish Versal Аkademiyasi huzuridagi O‘qituvchilar tayyorlash oliy maktabida 2022 yil sentabrdan 2022 yil dekabr oyiga qadar boʼladi. Oqish bilan bogliq barcha xarajatlar Erasmus agentligi tomonidan qoplanadi.

Mazkur tanlovda qatnashishni xoxlovchi talabalar quyidagi tartibda video material tayyorlashlari kerak:

Video materialning davomiyligi 3-4 daqiqa bo‘lib, unda nomzod o‘zi xaqida qisqacha malumot, o‘qishi, kelgusidagi rejalari, Frantsiya universitetida o‘qishga qiziqishining sabablari va o‘qishdan keyin qanday faoliyat bilan shugʼullanishi to‘gʼrisida gapirib berishi kerak.

Tanlovda bakalavriat bosqichining 4 kurs va magistratura bosqichi talabalari qatnashishlari mumkin. Tanlov qatnashchilarining fransuz tilini bilish darajasi B2 (CEFR mezonlari bo’yicha) bo’lishi talab etiladi.

Videomateriallar 2022 yil 15 aprelga qadar quyidagi manzilga yuborilishi kerak:

nishonov_69@mail.ru elektron pochtasiga yoki telegram orqali +99897 758 15 99 raqamli telefonga.

Murojaat uchun telefon:

Loyiha koordinatori P. Nishonov - +99897 758 15 99.

2022 yil 10 mart.

11 Mart 2022
Chop etish
-->