• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

E’LON

 

 

E’LON

 

Hurmatli O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari!

 

O`zDJTU talabalarining o‘zlariga munosib ish topishlari va ishga joylashishlariga qulayliklar yaratish maqsadida, bugungi kunda barcha ish beruvchilarda, shu jumladan oliy ta’lim muassasalarida “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy apparat kompleksida (keyingi o‘rinlarda “YMMT” IDAK deb yuritiladi) avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etilgan bo’lib, joriy yilda ish qidiruvchi shaxslarga qulaylik yaratish maqsasadida ish2.mehnat.uz milliy vakansiyalar bazasi ishga tushirildi.

 

Yuqoridagilarni inobatga olib, universitet talabalaridan ish beruvchilar tomonidan “YMMT” IDAKga kiritilgan mavjud bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida bandlikni ta’minlashda foydalanishingiz so‘raladi.

Yuklash

Yuklash

25 Mart 2022
Chop etish
-->