• Ishonch telefoni: +998 71 230-12-91

Ishlash istagini bildirgan barcha talabalar diqqatiga E’LON!

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 4-mart kuni oliy o`quv yurtlari talabalari bandligini ta’minlash bo`yicha belgilangan ustuvor vazifalarga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishiga ko`ra, universitet talaba-yoshlarining bandligini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar prokuraturasi, Toshkent shahar hokimligi, Uchtepa tumani prokuraturasi va O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamkorligida 2022-yilning 31-mart kuni soat 10:00 da universitet hududida “Mehnat yarmarkasi” o`tkaziladi.

Mazkur yarmarka talabalarning bandligini taʼminlashga, boʼlajak mutaxassislarni ish beruvchilar bilan tanishtirishga ko`maklashadi.

Barcha 2-, 3- va 4- kurs talabalarini, ishlash istagini bildirgan barcha talabalarni, ish beruvchilarni “Mehnat yarmarkasi”ga taklif etamiz!

 

 

Manzil: Uchtepa tumani, Kichik xalqa yo`li ko`chasi, G-9a mavzesi,

21-a uy, rektorat binosi, 1- qavat.

28 Mart 2022
Chop etish
-->